Tirik insonga haj badal qilish joizmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, tirik insonga haj badal qilish joizmi? Arafa kunlarida mozor borishchi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kasal odamga qilish joiz, keyinsalik borishga qaodir bo‘lib qolsa borishi vojib bo‘ladi. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَتِ امْرَأَةٌ مِنْ خَثْعَمَ فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ إِنَّ فَرِيضَةَ اللهِ عَلَى عِبَادِهِ فِي الْحَجِّ أَدْرَكَتْ أَبِي شَيْخًا كَبِيرًا لَا يَثْبُتُ عَلَى الرَّاحِلَةِ، أَفَأَحُجُّ عَنْهُ؟ قَالَ: نَعَمْ، وَذَلِكَ فِي حَجَّةِ الْوَدَاعِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Xas’amlik bir ayol kelib:
«Ey Allohning Rasuli! Allohning bandalarga farz qilgan haji otamga u o‘ta qarib, ulov ustida tura olmaydigan bo‘lganida etdi. Men uning nomidan haj qilsam bo‘ladimi?» dedi.
«Ha», dedilar.
Bu voqea vidolashuv hajida bo‘lgan edi».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharif shariatga «hajji badal» degan tushunchaning kiritilishiga sabab bo‘lgan. U muhaddislar va fuqaholar orasida «xas’amiya hadisi» nomi bilan mashhur. Ulamolar gapni qisqa qilish maqsadida hadisning matnini qayta-qayta takrorlab o‘tirmay, «xas’amiya hadisi»da kelganidek, deb gapni davom ettiraveradilar.
Hadisi sharifda zikri kelayotgan hodisa Payg‘ambarimiz alayhissalom Minoda ortlariga Fazl ibn Abbos roziyallohu anhuni mingashtirib ketayotganlarida sodir bo‘lgan. Xas’am qabilasidan bo‘lgan o‘sha sahobiya ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yo‘llarini to‘sib chiqqan va tuyalarining jilovidan ushlab turib, rivoyatda kelgan savolni bergan.
Nabiy alayhissalomning u ayolga bergan javoblaridan haj qilish imkoniga ega bo‘lmagan odamning nomidan boshqa bir kishi haj ibodatini ado etishi mumkinligi kelib chiqadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:47 | Savol-javoblar | 167 | Haj va umra