Ro‘zadorga balg‘am kelishi va stomatolog
Assalomu alaykum! Ro‘zador holatimda shamollash sababli burun bo‘shligimdan ko‘p balg‘am ajralib turibdi. Har doim ham balg‘amni tashqariga chiqarib tozalashni imkoni bo‘lmayapti, ba’zan ishda, ba’zan namozda, ba’zan boshqa sabab bilan. Ma’lum bir qism ichimga ketib qolganini sezaman. Shu holatda ro‘zam ochiladimi? 2. Stomatologga murojaat qilib davolanganimga qaramay, tish milklarimda ba’zan qonash holatlari uchrab turibdi, buni aksariyat holatlarda sezmayman. So‘lakni tashqarida tuflab chiqarganimda rangidan sezib qolaman. Ikkinchi holatda ham ro‘zam ochiladimi va tahoratim singan hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Balg‘am bilan ochilmaydi. 2). Agar qon tupukdan ko‘p bo‘lsa ro‘za ochiladi. Tahorat ham ketadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:05 | Savol-javoblar | 163 | Ro‘za