Nazr ado bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Do‘stim ayoli bilan Rossiyada ishlaydi. Uyga eson omon borsak bir qo‘y so‘yaman deb nazr qilgan ekan. Allohga shukur eson omon etib kelib, nazri uchun qo‘yni ham sotib oldi. Lekin nazr uchun so‘yilgan qo‘y go‘shtidan o‘zlari, ota-onasi emasligi kerakligini endi bildik. Buni bilmasdan ota onalari bir domla va bir ikki mehmonlarni chaqirib qo‘yishibdi. Do‘stimga bu vaziyatda nazringiz ado bo‘lmay qoladi dedim. Uning xavotiri shuki oilasiga buni tushuntirsa kelishmovchilik janjal chiqish ehtimoli yuqori. Qurbon hayiti arafasida turibmiz, shu sabab u qo‘yni qurbonlik sifatida o‘tkazib yuborib, nazr uchun esa boshqa qo‘y olib bermoqchi. Ya’ni keyinroq menga pul jo‘natarkan, men qo‘y olib go‘shtini tarqatishim kerak. Shu o‘rinda qurbonlik va nazr ado bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa men qo‘y go‘shtini bitta muhtoj oilaga beraymi yoki bir nechta oilagami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha nazr qilgan qo‘yni so‘yadi. Go‘shtidan o‘zi va oilasi emaydi. Eb qo‘ysa o‘shancha miqdor go‘shtning qiymatini sadaqa qiladi. Shu erda bir masalani bilib olish kerak. Qurbonlik qilaman deb nazr qilgan bo‘lsa tarqatishga hojat yo‘q. Agar qarbonlik qilib faqir miskinlarga ehson qilaman degan bo‘lsa o‘zi va oilasi eyolmaydi. Sizni savolingizda esa “Uyga eson omon borsak bir qo‘y so‘yaman” deb nazr qilgan. Bundan eyolmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:48 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar