Namozni qazo qilish to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, “Hurmatli ustozlar, men xam namoz o‘qiman degan kitobda yozilishicha “agar namoz qazo yoki rakatida xatolik o‘tsa sajdai saxf qilinadi” deyilgan ekan. Axir namoz qazo bo‘lib qolsayam sajdai saxv qilinadimi?” degan savolga “agar namoz qazo yoki rakatida xatolik o‘tsa sajdai saxv qilinar ekan” degan jumlani noto‘g‘ri keltirgansiz yoki u erda noto‘g‘ri yozilgan” deb javob beribsizlar. Men shuni so‘ragandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farz yoki vojibni vaqtidan kechiktirib bajarish deganida ikki sajda o‘rniga bir sajdani unutib keyingi rak’atlarda esiga tushsa o‘sha vaqtda sajda qiladi va kelgan eridan javob ettiradi, so‘ng oxirida sajdai sahv qilinadi. Yoki to‘rt yoki uch rak’atli namozlarda ikkinchi rak’atdan keyin attahiyyatiga salovatlarni ham qo‘shib uchinchi farz bo‘lgan rak’atga turishni kechiktirsa ham sajdai sahv vojib bo‘ladi deganidir. Bu namozni qazo qilib o‘qish degani emas. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:24 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar