Harom puldan qarzni uzish
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, men Rossiyada tijorat sohasida ishlayman. Butun oblastlarga O‘zbekistanda ishlab chiqarilgan maxsulotlarni tarqatamiz Alhamdulillah! Bundan bir qancha oldin o‘zimizni yurtdoshimiz mendan mol olgan edi. Rosa vadalarni berib molni olib ketdi. Pulini hisobiga kelganda juda qiynab yubordi. Bizda mahsulot aylanishi katta bo‘lgani uchun pul ham katta kerak bo‘ladi. Shunga undan pulni so‘rab rosa telefon qilib eplab seplab qandaydir arzimagan qismini oldim. Bir kuni menga telefon qilib, "Menda yaxshi mollar bor shuni qarzimni o‘rniga bersam" deb taklif kiritdi. Tabiiyki men mollarni narxini so‘radim. Narx juda ham shubhali bo‘lgani uchun nega arzonligi haqida so‘rab o‘g‘irlanganmi yo‘qmi deb o‘rgandim. U hech qanday muammo yo‘qligi, molni xo‘jayinlarini o‘zidan olayotganligi haqida aytib meni ishontirdi. So‘ng molni menga jo‘natdi, oldim. Sotish harakatida yursam, uni qarindoshlaridan biri mol musodara qilingan mol ekanligi haqida aytdi. Qattiq jaxlim chiqdi va molni o‘ziga "Boshliqlarimiz unamadi, bizga bunday harom mol kerak emas ekan beradigan 450.000 rubl ham kerak emas oyligimdan uzib olaman" deb o‘ziga qaytarib yubordim. Chunki u tamojnidagi hodimlar bilan kelishib olib, molni arzonginaga olar ekan. Endi bo‘lsa u molni boshqalar orqali sottirib o‘sha sotilgan pul bilan qarzini yopmoqchi. Ustozlar aytinglarchi shu pulni olsam menga halolmi? Hozir u shunday ishlar bilan shug‘illanib yuribdi molni sotmasdan, bergan taqdirda ham baribir shunday pul bilan hisoblashadi. Qanday yo‘l tutay? Yonimdan to‘lay desam 6000$ pul bo‘lar ekan. Imkon qilib to‘lashim ham mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U kimdan bo‘lsa ham(boshqa din vakilidan bo‘lsa ham) halol pul olib sizga qarzini bersin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:51 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U kimdan bo‘lsa ham(boshqa din vakilidan bo‘lsa ham) halol pul olib sizga qarzini bersin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:51 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar