Shu holatda ro‘za ochiladimi?

Assalomu alaykum! Men zulhijjaning ro‘zasini tutishni niyat qilgandim 3kun tutdim. Saharlikka turolmaslikdan qo‘rqib kechasi uxlamayotgan edim. 4-kuni saharlikka yaqin uxlab qolibman, tilimda niyat qilmagan bo‘lsam ham aniq ro‘za tutmoqchi edim. Ya’ni dilimda niyat bor edi. Ertalab bu niyatim bo‘lsa kerak degan fikrda bo‘lib, suv ichib yubordim. Keyin telegramdagi savollar kanalida bu niyat o‘tadi degan javobni o‘qidim va shomgacha hech narsa emadim. Menig ro‘zam ochilgan edimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ochilgan edi. Bir kun qazosini tutib berasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar