Er yoki ayolini namoz uqimasligini nikohga tasiri
Hurmatli Shayh Hazratlari. Nikoh va Taloq masalalarini yarmigacha uqib chiqib uhshash savol topolmadim. Lekin mavzu buyicha juda kup masalani urganib chiqdim. buning uchun Olloh sizning ohiratingizni obod qilsin. berayotgan savolim bulib utgan bulsa yoki notugri bulsa oldindan uzr surayman. [u]Voqea:[/u] Kup yillar ilgari bir madrasani bitirgan kishi "Agar eri namoz uqisa lekin hotini uqimasa urtadagi nikohlariga shar‘an taloq tushadi" -deb aytuvdi davradagilar bu gapni kutarolmay biroz tortishuvlar bulgandi. Shunda men u kishi bilan holi qolganda "gapingizga hujjat keltirolmayman lekin kutara olmaydiganlar ichida bu gapni bekor aytdiz, yotigi bilan tushuntirsa bulardi" deganimda "Bularni shariatning qattiq hukmlarini kutara olishadi deb uylagandim, bulmasa bu shar‘iy hukmni aytmasdim"-dedi. [u]Savol: [/u] Aslida uning yuqorida aytgan shar‘iy hukmi bormi? chunki uzimni oilam ham nikohimizdan 5 yildan keyin namozni boshlagandi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday gap borligini bilmayman. U odam dalil aytmagan bo‘lsa, o‘zicha gapirgan bo‘ladi.
27 May 2022, 03:34 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday gap borligini bilmayman. U odam dalil aytmagan bo‘lsa, o‘zicha gapirgan bo‘ladi.
27 May 2022, 03:34 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush