Hadisdan iqtibos keltiranda bo‘rttirish
Assalomu alaykum! ALLOH AZZA VA JALLA HAMDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM ShA’NIGA YoLG‘ON GAPIRISh Alloh taolo aytadi: «Qiyomat kunida Alloh sha’niga yolg‘on so‘zlagan kimsalarni yuzlari qora holda ko‘rasiz...» (Zumar surasi, 60). Ya’ni, ular «Allohning bolasi, sherigi bor», deb U zot haqida mumkin bo‘lmagan har xil bo‘hton gaplarni gapirgan kimsalardir. Ular Alloh sha’niga yolg‘on so‘zlaganlari uchun shunday mashaqqat va qayg‘ularga duchor bo‘ladilarki, ranglari o‘zgarib yuzlari qorayib ketadi. •┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈• Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kim mening nomimdan qasddan yolg‘on gapirsa, o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlab olaversin» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati). •┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈• Mug‘iyra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Mening nomimdan yolg‘on gapirish, boshqa birovning nomidan yolg‘on gapirish bilan bir xil emas. Bas, kimki mening nomimdan qasddan yolg‘on gapirsa, o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlab olaversin» (Muslim va boshqalar rivoyati). Ichkilikka ruju qo‘ygan odamga, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarini bo‘rttiribroq gapirish ham mumkun emasmi? Albatta u insonni shu yo‘ldan qaytarish maqsadida? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gapni ta’sirli qilib gapirish boshqa, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning gapirmagan gaplarini ma’nolarini qo‘shib yuborish noto‘g‘ri. Gapning ta’siri gapiruvchining solihligiga bog‘liq. Alloh taolo solih insonlarning so‘zlarini ta’sirli qilib qo‘yadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:55 | Savol-javoblar | 134 | Hadislar