Kasal bo‘lganda taxorat

Assalomu alaykum! Men goymorit (burun va peshona oralig‘i yiringi)kassaligiga chalindim. Tahorat olganimda burnimdan yiring keladi va juda ko‘p vaqt qattiq azob beradi. Nima qilsam bo‘ladi. 2). Sajdaga ketganimda burnimda havo yig‘ilib peshonamga chiqib ketadi va tez turishga majbur bo‘laman. Hozir davolanmoqdaman, lekin tuzalgunimga qadar o‘tirib namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sajda qilishda og‘riq hosil bo‘lsa sajdani ishora bilan ado qilavering. Ya’ni tuzalguncha og‘rimaydigan darajada egilib sajda qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:55 | Savol-javoblar | 178 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar