Onamni la’natiga qolyapman
Assalomu alaykum! Meni anchadan beri bir muammo kiynaydi. Namoz o‘qishni 14-15 yoshimda boshlaganman. Albatta bunda ota-onamning xizmati beqiyosdir. Barchamizga ma’lumki namoz xar bir mo‘min musulmon uchun farz qilingandir. Allohning nazaridagi eng yomon odam namozni o‘qimaydigan va qazo qiladigan odamlardir. Meni onamning bobosi Kosonsoydagi katta qori, amakisi ham katta domlalar. Lekin onam davlat ishida ishlagani bois namozni ado etmaydilar. Ammo onamga namoz o‘qish xar bir musulmon uchun zarur ekanini aytsam dilda bo‘lsa bo‘ldi ishing bo‘lmasin deyaveradilar. Shu sababli onam bilan oramizga sovuqchilik tushib qolaveradi. Onam bilan shu mavzuda janjallashaveraman. Ular esa meni xar safar qarayveradilar, la’natlayveradilar, dilimni og‘ritma ishing yurishmaydi deydilar. Onam bilan shu asnoda 2-3 kunga gaplashmay qo‘yaman. Bunday vaziyatda nima qilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz onangizga nasihat qilmay qo‘yaqoling. Onangizni yo‘lga solishni to‘g‘ri yo‘li bu emas. Katta o‘zidan kichikni gapini ham kichik deb biladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:55 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush