Opa singilning farzandlari ijtimoiy tarmoqlarda gaplashish

Assalomu alaykum! Meni jiyanlarim bo‘lib, ular ikki opa-singilni farzandlari. Biri yigit biri qiz. Ular ikkisi xam 16 yoshda. Yigit qizni yoqtirib qolgan, qiz xam befarq emas chamamda. Ular xozir ijtimoiy tarmoqlarda (telegram, imo) xar kuni gaplashib turishadi, eng qizig‘i ularning onalari shunga sharoit yaratib beradi (qiz onasini telefonida gaplashadi, sababi o‘zini telefoni yo‘q). Onalariga aytsam, "ular do‘st sifatida gaplashishyapti, biz nazorat qilib turamiz" deyishadi. Ularni ko‘rishishga imkoni yo‘q sababi yigit chet elda yashaydi, va xar yili Toshkentga kelib turadi. Qarindosh bo‘lsa xam, ko‘rishmasa xam ikki balog‘atga etgan nomaxramlar shu tarzda gaplashib turishlari to‘g‘rimi? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, men tog‘a bo‘la turib qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Iltimos bu savolni telegramdagi kanalingizga joylashtiring.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shar’an joiz emas. Qanday to‘xtatishingizni bilmadik. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar