Siydik tomishi
Assalamu alaykum shayx janoblari men o‘zimni aybim bilan kasalga yo‘liqdim. Kasalim hojatdan va tahoratdan keyin ham siydik tomib qolishi mumkun. Shuning masalasini bilmoqchiman. Bu masalani ilmsizlardan boshqa xech kimdan so‘raganim yo‘q, ular menga eshitganlarini aytishdi. Ya’ni mustahab qilgandan keyin biror narsa qo‘yib olishni va bir marta tahorat bir vaqt namozga etishi, ya’ni namozni o‘qib bo‘lgach tahoratni ketishi. Yana hojatdan keyin 72 qadam yurish kerak keyin mustahab qilish kerak, keyin kiyimimga tegmasligi uchun biror yumshoq narsa qo‘yish kerak deyishdi. Men shularga amal qilib namozlarimni ado etib kelmoqdaman. Yana namozni o‘qib bo‘lgach "oyatul kursiy"ni o‘qib tasbeh o‘girsam, undan keyin Qur’on tilovat qilsam bo‘ladimi? Yoki namozni o‘qib, tahoratni yangilashim kerakmi? Hozir davolanayapman, lekin doktor bu xronicheskiy demoqda, meni dardimga Allox shifo bersin deb duo qiling. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.Amiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz uzrli hisoblanasiz. Bir namozga qilgan tahoratingiz yanagi namozning vaqtigacha davom etaveradi. Agar tahorat uzrli narsadan boshqa sabab ila sinmasa. O‘shanda tahorat bilan qilish mumkin bo‘lgan barcha ishlarni qilaverasiz, jumladan, Qur’oni Karim tilovatini ham. 72 qadam haqidagi gap noo‘rin.
21 Aprel 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 180 | Tahorat