Idish tovoqlar ijarasi

Assalomu alaykum! Men bir oshnamni omonat savolini sizlarga bermoqchiman. Oshnam idish tovoq shunga o‘xshash narsalarini marosimlar uchun ijaraga beradi. Agar ijaraga olgan mijoz bir dona piyola, chinni shunga o‘xshagan narsalarni sindirib, uchirib qo‘ysa shu singan, uchgan narsani yangisi narxidagi pulni talab qilib olarkan. Mana shu qiladigon ishim joizmikin deb so‘rab bering degandi. Mana shu ishi joizmi? Agar joiz bo‘lmasa qay tartibda kelishadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz emas. Agar singanligi yoki uchgani qasddan bo‘lsa to‘latib olishi mumkin. Beixtiyor sodir bo‘lgan bo‘lsa to‘latib olishga haqqi yo‘q. chunki u narsalar ishlatuvchining qo‘lida omonat hisoblanadi omonat ta’addiy qilinsa to‘lanib berilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar