Boylar va kambag‘allarni jannatga kirishi haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Bir hadisni tushuntirib bersangizlar, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kambag‘allar jannatga boylardan besh yuz yil oldin kirishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyat qilib, sahih hadis dedilar. Ushbu hadis yuzasidan savollar: Agar boy ham kambag‘al ham taqvodor bo‘lsalar ham hadisda keltirilgandek bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kirishda hisob kitoblari oson bo‘lgani uchun kambag‘allar avval kiradilar. Jannatdagi darajalar borasida esa quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing
https://savollar.islom.uz/s/61823 عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ فُقَرَاءَ الْمُهَاجِرِينَ أَتَوْا رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالُوا: ذَهَبَ أَهْلُ الدُّثُورِ بِالدَّرَجَاتِ وَالنَّعِيمِ الْمُقِيمِ، فَقَالَ: وَمَا ذَاكَ؟ قَالُوا: يُصَلُّونَ كَمَا نُصَلِّي، وَيَصُومُونَ كَمَا نَصُومُ، وَيَتَصَدَّقُونَ وَلَا نَتَصَدَّقُ، وَيُعْتِقُونَ وَلَا نُعْتِقُ، فَقَالَ رَسُولُ اللهُ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَفَلَا أُعَلِّمُكُمْ شَيْئًا تُدْرِكُونَ بِهِ مَنْ سَبَقَكُمْ، وَتَسْبِقُونَ بِهِ مَنْ بَعْدَكُمْ، وَلَا يَكُونُ أَحَدٌ أَفْضَلَ مِنْكُمْ إِلَّا مَنْ صَنَعَ مِثْلَ مَا صَنَعْتُمْ؟ قَالُوا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: تُسَبِّحُونَ وَتُكَبِّرُونَ وَتَحْمَدُونَ دُبُرَ كُلِّ صَلَاةٍ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ مَرَّةً. قَالَ أَبُو صَالِحٍ: فَرَجَعَ فُقَرَاءُ الْمُهَاجِرِينَ إِلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالُوا: سَمِعَ إِخْوَانُنَا أَهْلُ الْأَمْوَالِ بِمَا فَعَلْنَا فَفَعَلُوا مِثْلَهُ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: ذَلِكَ فَضْلُ اللهِ يُؤْتِهِ مَنْ يَشَاءُ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Faqir muhojirlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Mol-dunyosi ko‘plar darajotlarni va doimiy ne’matni olib ketdilar», deyishdi.
U zot:
«U nimadir?» dedilar.
Ular:
«Biz namoz o‘qiganimizdek namoz o‘qirlar. Biz ro‘za tutganimizdek ro‘za tutarlar. Ular sadaqa qilurlar. Biz sadaqa qila olmasmiz. Ular qul ozod qilurlar, biz ozod qila olmasmiz», dedilar.
U zot:
«Sizni o‘zingizdan oldingilarga etib olishingiz, o‘zingizdan keyingilardan o‘tib ketishingizga sabab bo‘ladigan, sizdan hech kim afzal bo‘lmaydigan, faqat siz qilganni qilsagina bo‘ladigan narsaga dalolat qilaymi?» dedilar.
Ular:
«Ha, ey Allohning Rasuli», deyishdi.
U zot:
«Har namozdan keyin o‘ttiz uch marta tasbeh, takbir va tahmid aytasiz», dedilar».
Abu Solih:
«Faqir muhojirlar yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga qaytib kelib:
«Mol-dunyosi ko‘p birodarlarimiz biz qilgan narsani eshitib qolib, o‘shanga o‘xshash ishni qildilar», deyishdi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«U Allohning fazlidir, xohlagan kishisiga berur», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisda musulmonlarning birinchi avlodiga xos bir fazilat ustida so‘z bormoqda. U ham bo‘lsa, savob ish qilishda bir-biridan o‘tishga harakat va unga erishish yo‘llarini izlashdir.
Faqir-miskinliklari tufayli boy-badavlat kishilarga o‘xshab sadaqa qila olmay, qul ozod eta olmay yurgan muhojir sahobalar qanday qilib ko‘proq ajru savobga ega bo‘lish yo‘lini so‘rab keldilar. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam ularni namozdan keyin zikr qilishga irshod qildilar.
Keling, ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalarni bir boshdan ko‘rib chiqaylik:
1. Ko‘p savob olayotgan kishilarga havas bilan qarash mumkinligi.
2. Bilmaydiganlar biladigan kishilardan so‘rashlari kerakligi.
3. Sadaqa va qul ozod qilish ko‘p ajr keltirishi.
4. Har namozdan keyin o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», «Alhamdulillah» va «Allohu akbar»ni zikr qilish, ko‘p mol sadaqa qilish va qul ozod etishdan ham ko‘proq savobga sabab bo‘lishi.
5. Faqir muhojirlarning iloji boricha ko‘proq savob olishga intilishlari.
6. Islomda shukr qiluvchi boyning yaxshi ekanligi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 154 | Hadislar