MUKAMMAL SAODAT YO‘LI
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu! Muhtaram Shayx Hazratlari! Sizga kattadan katta tashakkur bildirib o‘shbu maktubni yozdmoqdaman. Alhamdulillah bugun “Mukammal saodat yo‘li” kitobini olishga va bo‘ kitob bilan tanishib chiqishga muyassar bo‘ldim. Bundan ikki yil oldin Moskvaga xizmat safariga borgan edim. O‘shanda bizning partnyor korxonadagi bir nasroniy dustimiz meni xarom narsalardan chetlanganimni ko‘rib sababini suradi. Birinchi savolida: “Biron bir jiddiy dardga chalindingmi?” – deb ham suradi. Men Alhamdullilah musulmonligimni, musulmonlarga bo‘ kabi narsalar Alloh taolo tomonidan harom qilinganini aytim. Bu borada biz bahs yuritdik va o‘ “Men anchadan buyon bo‘ haqda biron bir musulmon odamdan so‘rayman deb yurar edim” – deb qiziqib qoldi. Birga utkazadigan vaqtimiz kam bulgani va men o‘zim uchun bo‘ odamni musulmonlikga birdaniga targ‘ib qilmaganim uchun bulsa kerak bizning bo‘ bahsimiz, men Toshkentga qaytganimdan keyin, unga Islom dini va bizning aqidamiz tug‘risidagi kitoblarni junatishim kerakligida tugadi. Albatta men Toshkentga qaytib kelishim bilan bir nechta kitobni (menimcha 5 ta bo‘lsa kerak), shularni ichida “Vasatыya – put jizni” kitobini ham bir tanishim orqali unga yubordim. Undan buyon o‘ odam bilan ko‘rishganim yo‘q. Lekin telefon orqali aloqa qilganimda kitoblarga tashakkur aytib albatta kitoblarni o‘qib chiqishini va o‘larni har zamonda varaqlab turishini aytdi. Men bo‘ bilan aytmoqchimanki: Albatta boshqa din vakili birdaniga shunchalik ko‘p kitobni hazm kilishi qiyin. Qaysi birini uqisin? Mendan keyin o‘ kishiga o‘rganib, so‘rab surishtira oladigan biror bir mo‘min musulmon odamni uchratdimi yo‘qmi... Bu kabi kitoblar chop etilar ekan, endi bizda Siz aytib o‘tgandek, Islomga boshqalarni chorlash va bu ular uchun eng oson va eng mukammal yo‘l ekanligini aytib, ilmimiz etmagan joyda aqala shu kitobni kishilarning qo‘llariga tutkazish imkoni paydo bo‘ldi desak mubolag‘a kilmagan bo‘lamiz deb uylayman. Muhtaram Ustoz! Fursatdan foydalanib Sizga yana bir bor tashakkur bildirishimga ruxsat bersangiz. Alloh taolo qilayotgan ishingizni Sizga oson qilsin. Sizga uzoq umr, baxtli saodatli hayot bersin. Ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin! Ikki dunyo saodatini Sizga ato qilsin. Doimo Sizning haqingizga duodagi shogirdingiz, Jahongir
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salomat bo‘ling! Duoda bizni ham unutmang!
6 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 159 | Kitoblar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salomat bo‘ling! Duoda bizni ham unutmang!
6 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 159 | Kitoblar