Hamkasbdan yo‘l haqi olish

Assalomu aleykum! Mana 2 yil bo‘ldi Alloh qodir qilganicha 5 vaqt namozimni to‘liq va o‘z vaqtida ado qilib kelyabman. Topayotgan rizqimni ham halol bo‘lishiga katta e’tibor qaratyapman. Men yashash joyimdan 300 km uzoqlikdagi joyda qo‘shma korxonada ishlayman. Har haftada ishga o‘z mashinamda borib kelaman. Uydan ishga chiqganimda va ishdan uyga qaytayotganimda hamkasblarim bizni ham olib keting deyishadi (yo‘q olib ketmayman deyolmayman, hammasi hamkasblarim). Manzilga (ishga yoki uyga) etib kelganimizda esa ular menga "rozimiz" deb yo‘l haqi berishadi (bu pul ushbu masofa uchun taksistlar oladigan pulni yarmiga to‘g‘ri keladi). Ular bergan pullar asosan mashinani sarf-xarajatlariga ishlatiladi. Shuni takidlab o‘tishim kerakki meni faoliyatim taksistlik emas. Ushbu hamkasblarim berayotgan yo‘l haqini olishim joizmi? Joiz bo‘lmasa nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oling, yarmi ehsoningiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar