Ona-tilida namoz

Assalomu alaykum! Hozir arab tilini mukammal ravishda biluvchilar kam. Namozni o‘rgatuvchi kitoblarda barcha suralarni ma’nolar tarjimasi berilgan. Ammo aytayotgan suralarni to‘liq ma’nolarga etmaganligimiz tufayli namozda hushu ketadi va yaqin kunlarda namozni ona tilisida ya’ni barcha suralarni manolarini o‘qishini bilib qoldim. Shunday qilishga ruhsat bormi? Nima deyotkanimizni anglab o‘z ona tilimizda namoz o‘qishga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ruxsat yo‘q. Suralarni faqat arab tilida o‘qiladi, shundagina qiroat bo‘ladi. Aks holda tarjima o‘qilgan bo‘lib, uni qiroat deyilmaydi. Namozning farzi ham ado bo‘lmay, namoz mutloq hisoblanmaydi. Shuning uchun shariatimiz ushbu oyati karimaga amal qilishga buyuradi.  فَاقْرَؤُوا مَا تَيَسَّرَ مِنَ الْقُرْآنِ 20. ...Qur’ondan muyassar bo‘lganicha qiroat qilinglar. (Muzzammil surasi). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 188 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar