Dengiz oshsa taloq echiladimi?
Assalomu alaykum! Mani xo‘jayinim ichgan xolatida jaxl ustida man javobimi bering deganim uchun sanga uch taloq deb aytdi. Undan ikki oy so‘ngra telefon orqali yana “bu sanga bir taloq, bunisi ikkinchi taloq, bunisi uchinchi taloq” deb aytdi. Man shu so‘zdan so‘ng g‘azabim qaynab Istambulga ketdim. Oradan bir dengiz suzib o‘tdim, oradan besh oy vaqt o‘tdi. Ikkimiz xam pushaymonmiz, bir birimizni yaxshi ko‘ramiz, nikohni yangilasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizga uch taloq tushganligida shak-shubha yo‘q. Etti ummondan oshib o‘tsangiz ham eringizga halol bo‘lmaysiz. Siz uchun uch hayz idda o‘tirish, so‘ng birortasi bilan ixtiyoriy ravshda turmush qurish kerak edi. Agar u ikkinchi eringiz talog‘ingizni bersa yana idda o‘tirib tugagach avvalgi eringizga halol bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush