Payg‘ambarimiz alayhissalomning soyalari bo‘lmaganmi?
Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz bo‘lsin! Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovot va salomlarimiz bo‘lsin! Assalomu Alaykum, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari... Savollarim: 1. Buxoro jome’ masjidi bosh imom hatibi Azizxo‘ja Habibulloh o‘g‘illarini payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlangan ma’ruzalari shahrimiz savdo do‘konlarida bor. Ushbu ma’ruzada payg‘ambarimizni soyalari bo‘lmagani haqida aytib o‘tilgan. Payg‘ambarimizni soyalari bo‘lmagani qanchali asosli?2. Azizxo‘ja Habibulloh o‘g‘illarini payg‘ambarimizga bag‘ishlangan ma’ruzalarida yana aytadilarki, payg‘ambarimizga bobolari Abdulmutallib (MUHAMMAD) deb ism qo‘yganlar. Lekin ustozlarimizdan bir bo‘lgan Qobiljon Qori ustozimizni juma ma’ruzalari davomida: “Payg‘ambarimizga onalari ism qo‘yganlar”, – deb aytadilar. Bir qori: “Onalari tushlarida “MUHAMMAD” deb qo‘yish kerakligini ko‘rganlar”, – desalar, boshqa qori: “Bobolari safarga ketayotganda yo‘llaridan bir nuroniy inson chiqdi va yaqinda tug‘ilgan chaqaloqlarni ichidan “MUHAMMAD” ismli so‘nggi payg‘ambar chiqadi”, – deb aytgan. Va shu kuni Makkada bir vaqtni o‘zida 4 ta chaqaloqqa “MUHAMMAD” nomi qo‘yildi. Bitta ismni deb, vaziyatni qiyinlashtirishmas, maqsad masalani mohiyatini tushunish, xolos?3. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni hayotlarini o‘rganish davomida qo‘ldan kegancha ishonchli manbalarga tayanishga harakat qilamiz. Va ko‘p manbalarda payg‘ambarimizni ko‘ksilarini ikki marta kesilgani haqida ma’lumotlarga duch kelyapman. Birinchisi, yoshliklarida – shaytonni nasibasi olib tashlanish uchun yuraklarini yuvishgani bo‘lsa, ikkinchisi Me’roj kechasida Osmonga chiqishdan oldin yana ko‘ksilarini yorib "qalblarini" zam-zam suvi bilan yuvishgan deb aytilgan. Ikki marta bunaqa voqea bo‘lganligi asoslimi?Doim takrorlashdan charchamaymanki, ilmsizligimiz tufayli berib qo‘yadigan qo‘pol savollarimizdan hamda xato so‘zlarimiz uchun ilm egalaridan barcha yoshlarimiz nomidan uzr so‘rayman. Alloh din yo‘lida qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin hamda siz bilan bizni suhbatlarimizni etib borib, etib kelishida xizmat qilayotgan Abu Muslimga ham Allohni behisob ajr-mukofotlari bo‘lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu... ...Islom ilmiga intiluvchi va izlanuvchilar nomidan Dilshod ummati MUHAMMAD
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Azizxo‘ja domlaning gaplari to‘g‘ri. Siyrat.uz. saytida siz istagan ma’lumotlar bor. So‘rasangiz, javob ham berishadi.
29 Aprel 2022, 00:08 | Savol-javoblar | 248 | Siyrat va tarix
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Azizxo‘ja domlaning gaplari to‘g‘ri. Siyrat.uz. saytida siz istagan ma’lumotlar bor. So‘rasangiz, javob ham berishadi.
29 Aprel 2022, 00:08 | Savol-javoblar | 248 | Siyrat va tarix