31 yoshli erkak otasini topgan puliga haqlimi?

Assalomu alaykum! Ukamni yoshi 31da, oilalik, ukam otamni ishlab topgan pulida mani xam xaqqim bor, Alloh meni rizqimni xam otamga beryapti deb otamni pulidan xaq talab qilyapti. Voyaga etgan farzand otani puliga xaqlimi? Otani topgan puli bu xammamizga tegishlik bu mani xam rizqim deb otani pulini so‘ramasdan olishi to‘g‘rimi? Otam ukamni uylantirib uy joy qilib berganlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Farzand 11-12 yoshlarida voyaga etadi. Shundan boshlab uning nafaqasi otaning zimmasiga vojib emas. Ko‘r, shol va yotog‘idan turolmaydigan bemor bo‘lsa otasi nafaqa qilib turadi. Bu yoshda otasining pulidan so‘ramasdan olish o‘g‘irlikka kiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:10 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar