Qalbni ochish
Assalomu alaykum! Men ko‘p vaqtdan beri ibodatga qattiq kirishib nomoz o‘qishga urinyapman. Duolarimda ibodatga qalbimi ochib qo‘yishini, namozni to‘kis va o‘z vaqtida ado etishlik uchun kuch quvvat berishini Yaratgandan so‘rab duo qilyapman. Shunga qaramay baribir to‘kis qilishga nimadir xalal beryapti, dangasa qilyapti, xalirok, keyinrok deb qalbim ochilmaganga o‘xshayapti. Yuragim siqilib qolyapti, qalbim ochilmaganga o‘xshaganiga.. Maslaxat beringlar qalbimni Alloh xoxlagandagina ochadi, xoxlamagani ochilmaydi degan gaplarni o‘qiganman. Nimaga shunaka bo‘lyapti?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Insonning ichiga tushgan narsa uni harakatga keltiradi. Masalan kalloriyasi kuchli taom esangiz uning quvvati boshqa. Ko‘kat va sabzavotlarni esangiz uni quvvati boshqa. Shuningdek halol taom bilan harom taomning ham xususiyati bo‘ladi. Harom taom harom ishlarga, fisq, fujur va dangansalikka chorlaydi. Halol va pokiza taom esa qalbga nur bo‘ladi. Insonni ibodat va yaxshi ishlarga chorlaydi. Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh Misrda tug‘ilganlar va uzoq muddat Makkai Mukarramada yashab yana Misrga qaytib kelganlar. Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh imom Shofe’iyning eng katta shogirdlaridan hisoblanadi. U kishining halol luqma to‘g‘risida hikoyalari bor. U luqmani ibdatga qanchalik ta’sir qilgani aytilgan. Alloh taolo tarafiga harakat qilmasdan turib qalbni ochilishini kutuvchilar, misoli uylanmasdan turib farzand kutayotgan kishiga o‘xshaydi. Alloh taolo “Ankabut” surasida marhamat qiladi: وَالَّذِينَ جَاهَدُوا فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا وَإِنَّ اللَّهَ لَمَعَ الْمُحْسِنِينَ 69. Biz uchun jiddu jahd qilganlarni O‘z yo‘llarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilar bilandir.
Allohning yo‘lida bor imkoniyatlarini ishga solib, harakat qilganlarni Alloh taoloning O‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshlab turadi. Yaxshi amallarni qilganlarni yolg‘iz qo‘ymay, O‘zi ular bilan birga bo‘ladi. Bu haqiqatni mo‘minlar bir lahza ham unutmasliklari kerak. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:06 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar