Rasul bilan Nabiyning farqi nimada?


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nabiy va rasul orasidagi farq.
Nabiy va Rasul orasidagi farq haqida bir necha fikrlar zikr qilingan:
1. Alloh kimga osmondan xabar bersa-yu, o‘sha xabarni boshqalarga etkazishni amr qilsa, o‘sha odam nabiy va rasuldir. Ammo boshqalarga etkazishni amr qilmasa, nabiydir, rasul emas.
Xulosa shulki, rasul o‘ziga kelgan payg‘ambarlikni o‘zgalarga etkazishga amr qilingandir. Nabiy esa, bunga amr qilinmagandir. U payg‘ambarlikni boshqalarga etkazadimi, etkazmaydimi, bari-bir.
2. Rasul umumiy bo‘lib, farishtalardan ham, bashardan ham bo‘laveradi. Alloh taolo Qur’onda: 
«Albatta, u hurmatli Rasulning gapidir» (Takvir: 19) deganda, Jabroil alayhissalomni iroda qilgan.  
«Rasullarimiz Ularni vafot ettirdi»,  (A’rof: 37) deganda ham, farishtalarni iroda qilgan.  
3. Rasul yangi shariat bilan keladi. Nabiy yangi shariat bilan kelmaydi. Balki, oldingi shariatga amal qiladi va o‘zgalarni ham, o‘shanga amal qilishga chaqiradi».
Ushbu mavzuda yana bir qo‘shimcha ma’lumot va mulohazani zikr qilib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Qur’oni Karimda rasul va nabiy so‘zlari ko‘p keladi. Jumladan, bu ikki so‘z payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan ham ishlatiladi. Ammo bu so‘zlarning ishlatilishida nozik ma’nolar borligi mulohaza qilinadi.  
Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan «nabiy» so‘zi o‘ttiz marta atrofida ishlatilgan bo‘lsa, asosan, o‘zaro insoniy aloqalar, nikoh, meros va o‘lja bo‘lish kabi masalalarda ishlatilgan.
Binobarin, bu ikki so‘zni tarjima qilishda ham shunga e’tibor bermog‘imiz lozim bo‘ladi. Iloji bo‘lsa «Rasul»ni payg‘ambar deb tarjima qilsak ham «nabiy»ni tarjima qilmay o‘z o‘rnida qoldirganimiz ma’qul bo‘ladi.

1 May 2022, 02:47 | Savol-javoblar | 220 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar