Baraka haqida
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yigit kishini barakasi (pulida yoki tijoratida) bo‘lmasligiga asosiy sabablari nima? Baraka bo‘lish uchun nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir ish sunnatga muvofiq, halol yo‘l bilan bo‘lmas ekan unda baraka bo‘lmaydi. Kimlarnidir harom ish bilan shug‘ullansa ham, namoz va ro‘zalarni ado qilmasa ham ishlari yurishib, ko‘p boylikka ega bo‘lishi sizni ajablantirmasin. Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi: فَلَمَّا نَسُواْ مَا ذُكِّرُواْ بِهِ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَابَ كُلِّ شَيْءٍ حَتَّى إِذَا فَرِحُواْ بِمَا أُوتُواْ أَخَذْنَاهُم بَغْتَةً فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ 44. Eslatilgan narsalarni unutgan chog‘larida ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik. O‘zlariga berilgan narsalardan xursand bo‘lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo‘ldilar. Bunday muomalaga «istidroj» – bildirmasdan, darajama-daraja olish deyiladi. Alloh ogohlantirish maqsadida avval balo-ofatga duchor qilgan edi, tazarru qilmadi, kufrda davom etdi. Balo-ofat ta’sir qilmaydigan qalb tosh qotgan, yaxshilik umid qilib bo‘lmaydigan qalbdir. Undan endi iymon ham, biror-bir yaxshilik ham kutib bo‘lmaydi. Alloh O‘zi hikoya qilayotgan avvalgi ummatlardan shunday qattiq qalblilarini bir muddat tek qo‘yib qo‘ygan. Ular boshidan o‘tgan musibatlarni va: «Eslatilgan narsalarni unutgan chog‘larida ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik», – deydi. Ya’ni ular istaganlaridan ham ortiq nozu ne’matlarga ko‘mib tashlanganlar. Bu dunyoning matohlari ularga seldek oqib kelgan. Albatta, ular bu narsalarga cheksiz xursand bo‘lganlar. Ammo iymonsiz, tazarrusiz kelgan nozu ne’mat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Aslida iymonli, tazarruli va taqvolilarga nozu ne’matlar, farovon turmush berilishi lozim. Alloh taoloning va’dasi shu. Ammo bu narsalar kofir-mushriklarga berilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qo‘yilsa, orqasida boshqa gapi bo‘ladi. Nozu ne’matga ko‘milgan kofirlar g‘ururga ketib, yana ham ko‘proq isyonga, gunohkorlikka o‘zlarini uradilar. Ammo haqiqiy hikmat keyin paydo bo‘ladi: «O‘zlariga berilgan narsalardan xursand bo‘lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik». Bunday bo‘lishini xayollariga ham keltirmagan edilar. Ularni birdaniga Allohning azobi tutdi. «Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo‘ldilar». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 04:26 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat