Turistik firma
Assalomu alaykum! Biz turistik firma ochganmiz. Chetga xoxlagan davlatga AQSh ga deysizmi yoki biror Evropa davlatiga deysizmi yuboramiz. Ishlashimiz shunday: Kelgan mijoz qayoqqa bormoqchiligini aytadi va 150$ to‘laydi va biz o‘sha odamning o‘rniga xamma xujjatlaru vizasi bilan shug‘ullanib to‘ldirib beramiz. Viza chiqqandan keyin u bilet va ketayotgan davlatidagi otel va tur firmasi bilan o‘sha shaxarda aylantirishiga pul to‘laymiz va u odamdan xarajat qancha chiqsa o‘shaning 10 foizi olamiz. Misol uchun bilet otel va shaxarda tur firma nomidan aylanishi 2000$ bo‘lsa 200$ ni olamiz va u odam o‘sha davlatga turist bo‘lib ketadi. Mijozlar kelayabdi va meni bu davlatga u davlatga turist qilib yuboring deyishadi. Bizlar xammasini turistik viza qilib beramiz va davlatga turizm bo‘yicha soliq to‘laymiz. Bu odam turist bo‘lib ketayabdiyu lekin u, u erda aylanib keyin ishlab qolib ketadimi bilmaymiz. Mabodo bir odam meni turist qilib yuboring desa va biz chet davlatidagi turistik firmadan 15-20 kunlik sayoxatni sotib olib berib, elchixonaga xujjatlarini taxlab bersak, elchixona bu kishini turistlikka ma’qul ko‘rib viza bersa va bu odam u erga borib biror zavodda ishlasa biz gunoxkor bo‘maymizmi? Pulimiz bizga xalolmi? chunki dam olgani ketayotgan odam uchun qanday xizmat ko‘rsatib turisitik viza olib bersak bu odamga xam xuddi shunday xizmat ko‘rsatamiz. Faqat u, u erga borib dam oladimi yoki ishlaydimi biz uni xal qilmaymiz u uni xoxishi. Xech qanaqa ish xam topib bermaymiz. O‘sha odamning barcha turistik xizmatlarni sotib olib rasmiylashtirib ketsa uni puli bizga xalolmi? Bu odamning oddiy sayoxatga ketayotgan odamdan xujjatida xech qanaqa farq bo‘lmaydi. O‘sha davlatning tur firmasidan 10 kunlik sayoxat sotib oladi, oteliga, biletga pul to‘laydi, elchixonaning turist uchun qo‘ygan barcha talablarini bajaradi, faqat sayyox sifatida bu dam oladimi yoki borib ish topib ishlaydimi u uni ishi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xizmat haqinglar uchun 150 olishlaringiz to‘g‘ri. Avvaldan pul to‘lab qo‘yib, ishlatgani uchun puldan foyda olishlaringiz noto‘g‘ri. Chunki uning ichida har xir noshar’iy ishlarga ham pul sarflashlar bo‘ladi. Qolib ketish yoki ketmasligi o‘zlariga bog‘liq. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 180 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xizmat haqinglar uchun 150 olishlaringiz to‘g‘ri. Avvaldan pul to‘lab qo‘yib, ishlatgani uchun puldan foyda olishlaringiz noto‘g‘ri. Chunki uning ichida har xir noshar’iy ishlarga ham pul sarflashlar bo‘ladi. Qolib ketish yoki ketmasligi o‘zlariga bog‘liq. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 180 | Moliya va tijorat