Ro‘za tutgan kunim og‘rib qolaman
Assalomu alaykum! Ustozlar, muborak ramozon oyi keldi Alhamdulillah. Men 2 kun qazo ro‘zalarimni tutgandim 1 kun tutganimda boshim qattiq og‘rib qayt qildim. 2-kun ham qayt qilmaslik uchun o‘zimni zo‘rg‘a tutib yurdim oyim ro‘za tutmaysan deyaptilar har yil oyim ro‘za tutmaysan deb ko‘p urushadilar. Shundayam tutaman, o‘tkan yil ham berkitib tutdim, lekin oyim meni norozi qilib tutgan ro‘zangda savobga erishmiysan deyaptilar. Juda ozg‘in bo‘lganim uchun ro‘za tutsam qattiq siqiladilar. 1). Men xato qilyapmanmi oyimni hafa qilib ro‘za tutib. 2). Bu yil ro‘za tutsam o‘zimga jabr qilgan hisoblanmaymanmi? Ro‘za tutgan kunim kasal bo‘lib yotib qolyapman, lekin shunday muborak oyda hamma musulmonlar quvonib ro‘za tutsayu men og‘zim ochiq holda o‘tkazishni hohlamayapman. Nima qilsam bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh barchamizga kuch quvvat bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Holatingiz qarang qodir bo‘lsangiz tutishingiz farz. Qodir bo‘lmasangiz qishning qisqa kunlarida qazosini tutib berishingiz farz. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 06:36 | Savol-javoblar | 161 | Ro‘za