Antiqa meros masaalasi

Assalomu alaykum! 2014-yil bitta bolali ayolga uylandim. U xam men xam 1 gurux nogironimiz. Kambag‘almiz, zakot nisobiga xech qachon etmaganman. 4 ta aka ukamiz, ukalarim yordamida bitta kichkina uycha tiklab oldim, xotinim jon-jaxti bilan qarashdi, keyin xotinim bilan tengma-teng pensiyamizni tashlab uymizni to‘ldirdik. Biz men xotinim va bolamiz uchchaalamizam namozxonlarmiz. Shu uychada yashaybmiz. Lekin bir masala chiqdi, meni ukalarim va oyim, sen o‘lsang uying bizga qolishi kerak, xotining uyiga ketishi kerak deyshib, menga Qur’ondan oyatlar xam o‘qib berishdi. Baqara surasidan keltirdi, Mol dunyodan avvalo ota onaga keyn og‘a inilarga ........ Agar shu Oyati karimani meni vaziyatimga to‘g‘irlasak bu noto‘g‘ri bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir inson vafot topib ota-onasi bo‘lsa bor merosining oltidan biri otasiga oltidan biri onasiga, marhumning xotiniga sakkizdan biri qolgani farzandlariga o‘g‘il bolaga ikki hissa, qiz bolaga bir hissadan bo‘lib beriladi. Aka-uka va opa singillarni hech qanday haqqi bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:12 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar