Bozorga erta borish xaqidagi hadis

Assalomu alaykum! Bozorga erta borib kech qaytishdan va masjidga kech borib erta qaytishdan qaytarilganligi mazmunida hadis borligi haqida so‘ramoqchi edim, shu haqida malumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bozorga erta borib kech qaytishning karohiyati va masjidga erta borib kech qaytishning fazli borasida rivoyatlar mavjud. Ikkisining ham sanadi sahih hamda mavqufdir.  حَدَّثَنَا أَبُو عُثْمَانَ، عَنْ سَلْمَانَ، قَالَ: لَا تَكُونَنَّ إِنِ اسْتَطَعْتَ أَوَّلَ مَنْ يَدْخُلُ السُّوقَ وَلَا آخِرَ مَنْ يَخْرُجُ مِنْهَا، فَإِنَّهَا مَعْرَكَةُ الشَّيْطَانِ، وَبِهَا يَنْصِبُ رَايَتَهُ. قَالَ: وَأُنْبِئْتُ أَنَّ جِبْرِيلَ عَلَيْهِ السَلام، أَتَى نَبِيَّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَعِنْدَهُ أُمُّ سَلَمَةَ، قَالَ: فَجَعَلَ يَتَحَدَّثُ، ثُمَّ قَامَ فَقَالَ نَبِيُّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِأُمِّ سَلَمَةَ: «مَنْ هَذَا؟» أَوْ كَمَا قَالَ: قَالَتْ: هَذَا دِحْيَةُ، قَالَ: فَقَالَتْ أُمُّ سَلَمَةَ: ايْمُ اللهِ مَا حَسِبْتُهُ إِلَّا إِيَّاهُ، حَتَّى سَمِعْتُ خُطْبَةَ نَبِيِّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُخْبِرُ خَبَرَنَا أَوْ كَمَا قَالَ: قَالَ: فَقُلْتُ لِأَبِي عُثْمَانَ: مِمَّنْ سَمِعْتَ هَذَا؟ قَالَ: مِنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ.Abu Usmon aytadi: «Salmon shunday dedi: «Qo‘lingdan kelsa, hech qachon bozorga birinchi bo‘lib kirmagin va oxirgi bo‘lib chiqmagin, chunki u shaytonning janggohi, u bayrog‘ini o‘sha erga tikadi. Menga xabar berilishicha, Ummu Salama Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida o‘tirgan paytda u zotning huzurlariga Jabroil alayhissalom kelib, so‘zlasha boshlabdi. So‘ngra turib, ketibdi. Shunda Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam Ummu Salamaga «Bu kim?» debdilar [yoki shunga o‘xshash so‘z aytibdilar]. U: «Bu Dihya», debdi. Ummu Salama: «Allohga qasamki, Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallamning o‘sha voqeani aytib bergan xutbalarini eshitgunimcha men uni o‘sha (ya’ni Dihya) deb o‘ylagan ekanman», degan [yoki shunga o‘xshash so‘z aytdi]. (Roviy) Sulaymon aytadi: «Men Abu Usmonga: «Siz buni kimdan eshitgansiz?» desam, «Usoma ibn Zayddan», dedi». Imom Muslim rivoyati.روي عن ميثم قال بلغني أن الملك يغدو برايته مع أول من يغدو إلى المسجد فلا يزال بها معه حتى يرجع فيدخل بها منزله وإن الشيطان يغدو برايته إلى السوق مع أول من يغدو فلا يزال بها معه حتى يرجع فيدخلها منزلهMaysam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Menga etdiki, farishta bayrog‘ini olib masjidga birinchi bo‘lib boradigan kishi bilan yo‘lga chiqadi. Bas, toinki qaytib manziliga kirgunicha undan ajramaydi. Albatta shayton bayrog‘ini olib bozorga birinchi bo‘lib boradigan kishi bilan yo‘lga chiqadi. Bas, toinki qaytib manziliga kirgunicha undan ajramaydi”. 
Ibn Abu Osim va Abu Nu’aym rivoyati. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar