Namozda yozuvli narsalardagi matnlarga ko‘z yugurtirish

Assalomu alaykum! Namoz mobaynida yozuvi bo‘lgan kiyim, turli buyumlarga ko‘z tushishi va uni dilda o‘qib ham qo‘yish mumkin. Bu namozning mukammal tarzda ado etilishiga qay tarzda ta’sir qiladi? Bunda ko‘z tushgan matnning o‘ziga bog‘liq jihatlar ham bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozga zarari yo‘q. Mashoyixlarimiz “Jannat ahliga jannatda Alloh taoloning jamolini ko‘rish nasib bo‘ladi. Namozni vasvasasiz o‘qiydigan kishilar Allohning jamolini beparda ko‘rishadi. Xayoli chalg‘ib, vasvasa bilan o‘qiydiganlar parda ortidan ko‘rishadi” deganlar. Shuning uchun xayolni sochilmasligiga qattiq harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar