O‘z ustida ishlashda ahli kitoblar maslaxatidan foydalanish

Assalomu alaykum! Ustozlar, men o‘zi o‘ta kamgapman. Odamlar bilan yuzma yuz ko‘rishganda dovdrab gapmni yo‘qotib muomala qilolmay qolaman. Albatta bu kamchilik bilan ertadan keyn xayotda qattiq qiynalishmni bilaman. Ayni shu maqsadda anchadan beri psixologik kitoblarni o‘rganaman, shu kitoblardan birida muomalani suniy ravshda yo‘lga qo‘yish mumkunligi xaqida tavsiya berldi. Unga ko‘ra inson xoli joy topadi va odamlar bilan birga xolovatni tasavvur qiladi va tili bilan so‘zlarni talaffuz qiladi. Shu xolatni xar kuni yarim soat bajarish kerak ekan, shu bilan tilni muomalaga o‘rgatish mumkun ekan. Shu tavsyani qilishga ikki narsa monelik qilyapti 1-si shu kitob muallifi axli kitoblardan 2-si tasavvur qilish va yolg‘onakam gaplarni gapirish dinimizda birovga yolg‘on gapirish gunoxligini bilamiz. Endi bu tavsya bo‘yicha inson xar kuni yarim soat o‘zini o‘zi aldashga to‘g‘ri kelar ekan. Shu masalada nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz bo‘lsada, siz musulmon olimlarining tavsiyalarini eshiting. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:12 | Savol-javoblar | 136 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar