Aptekada psixotrop dorilar sotish
Assalomu alaykum! Men aptekada sotuvchi bo‘lib ishliman. Bizda psixotrop (Yani faqat retsept bo‘yicha sotiladigan dorilar) dorilarni retseptsiz sotamiz. Xo‘jayinimiz sotaveringlar deganlar. U dorini asosan yoshlar kayf qilish uchun olishadi. Bu ish gunohmi. Agar gunoh bo‘lsa gunohi biz sotuvchilarga ham yoziladimi. Olayotgan oyligimiz halol hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta gunoh va albatta sotuvchilarga ham yoziladi. Chunki siz uni yoshlar mast bo‘lish uchun olishlarini ochiq-oydin aytib turibsiz. Shariatda uzumni sotayapgan kishi uni sotib olyapgan kishi xamr – mast qiluvchi ichimlik tayyorlash uchun olyapganini bilsa, sotishi joiz bo‘lmaydi. Olgan oyligingiz hammasi harom bo‘lmasa ham, harom aralashgan hisoblanadi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom