Bomdod namozini o‘qishim

Assalomu alaykum! 1. Men namoz o‘qishni yaqinda boshladim. Bomdod namozining sunnatini xam farzini xam uyda o‘qiman. Sunnat uchun a’zon chaqiraman va lafziga "As-solatu xoyrul minan-navm" ni qo‘shib aytaman. Farzi uchun takvir aytib "Qod qomadis-solax"ni qo‘shaman. Namozni to‘lik va to‘kis ado etyapmanmi? 2. Alxamdulillah yaqinda Koreyaga o‘qish uchun jo‘nab ketaman. U erdagi tanishlarim aytishdiki, o‘zbek bollar g‘ayridin bo‘lgan koreys qassobiga borib “molni bismilloh deb so‘y, keyin bizga xalol bo‘ladi” deb koreysga “Bismilloh Allohu Akbar” degizdirishar ekanda, so‘ng o‘sha go‘shtni bizga xalol bo‘ldi deb eyishar ekan. Bu qanchalik shariatimizga to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ha. Azon bilan takbir to‘liq.
2). Agar o‘sha koreyts nasoro dinida bo‘lsa va “Bismillox Allohu Akbar”ni aytib so‘ysa halol. Agar budparast bo‘lsa “Bismillox Allohu Akbar”ni aytsa ham halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:20 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar