O‘liklarni tiriltiruvchi karomat sohiblari
Assalomu alaykum! Bir birodarim karomat sohiblari haqida gapira turib , Abdulqodir Jiyloniy rahmatullohu alayhi hazratlari o‘liklarni ham tiriltirgan, bir ilmli odamdan so‘raganimdaham tasdiqlagan shu narsani dedi. Lekin hazrat shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning “Tasavvuf haqida tasavvur” kitoblarida “Qur’oni Karimga va Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning sunnatlariga zid bo‘lgan har qanday ishni, agar uning sohibi o‘liklarni tiriltira oluvchi karomat egasi bo‘lsa ham , qabul qilmaymiz” deyilgan edi. Birodarimga shu gapni ko‘rsatganimda , “agar o‘liklarni tiriltira oluvchi karomat egasi bo‘lsa ham” degan jumlani, mana demak, o‘liklarni tiriltirganlar Abduqodir Jiyloniy dedi. Shu narsaga oydinlik kiritib bersangizlar. Umuman karomat sohiblariga qilgan ishlariga ishonsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Sahihul Buxoriy"da Aliy roziyallohu anhudan(bu hadis emas): “Odamlar aqli etadigan narsani gapiringlar. Alloh va rasulini yolg‘onchiga chiqarilishini yaxshi ko‘rasizlarmi” deganlar. Ya’ni ularni aqli etmasa Alloh va rasulini yolg‘onchiga chiqarib qo‘yishadi deganlar. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan: “Odamlarni aqli etmaydigan gapni gapirmagin. Agar gapirsang ularni ba’zisiga fitna bo‘lib qoladi” deganlar. Shuning uchun bu kabi gaplarni gaplashmay ularga aqllari etgan gaplarni gapiringlar. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar