Iyso alayhissalomning tushishlari

Assalomu alaykum! Ustozlar, Iyso alayhisalom qiyomatdan oldin alomat bo‘lib tushgan vaqtlarida ularga payg‘ambar deb ergashib bay’at qilamizmi? Ularga nisbatan qanday e’tiqodda bo‘lishimiz to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha tushganlarida Iyso alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummat bo‘ladilar va Islom diniga amal qiladilar. O‘zlariga nozil bo‘lgan insjilga amal qilmaydilar. U kishi ham biz kabi namoz o‘qib biz kabi Qur’on tilovat qiladilar va Islom ahkomlarini joriy qiladilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:20 | Savol-javoblar | 162 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar