Qimordan kelgan puldan biznes qilish
Assalomu alaykum! Bir odam pulga muxtoj oyligidan orttira olmaydi, ish boshlashga xam puli yo‘q, bollari etilib qolgan. Oxiri tatalizator o‘ynab kotta pul yutib oldi. Kerakli pul topgach qimorni tashlab, yutib olgan puliga ish boshlab oldi. Xamma muommolarini xal qildi. Hozirda tadbirkor. Aytingchi qimorni puliga ish boshlaning bo‘lsa undan keladigan daromad xarom bo‘ladimi? Garchi qimorni tashlab yuborgan bo‘lsa xam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomat kuni bo‘lganida bir insonni olib kelinadi. U hayotida yaxshilikning birorta ham yo‘lini qoldirmay hammasiga sarflagan bo‘ladi. Masjid qurgan, faqir-miskinlarni taomlantirgan, kitoblar tarqatgan, iftorliklar qilib bergan va hokazolar. Shunda unga Alloh taolo tarafidan do‘zaxga tashlansin degan hukm chiqariladi. Farishtalar xayron bo‘lib, shuncha yaxshiligi zoe bo‘ladimi? – deyishganida, “Uning topganini asli haromdan edi, sarflaganlari ham o‘shaning foydasidan bo‘lgan edi. Allohning huzurida faqat pokiza nafaqalar qabul bo‘ladi” deyiladi. Bunday insonlar hayotda juda ko‘p. Ularning o‘sha harom pullaridan qutilib, tavba qilganlari ham juda ko‘p. Shu o‘rinda o‘z o‘zidan katta zavod va fabrika yoki katta tijoratlarni yo‘lga qo‘ygan inson ularni tashlab ketolmaydi, o‘zgalarga topshirsa ham o‘zgalar uni boshqarolmaydi. Qolaversa kelgusida u insonlarning o‘zlariga ham yana mol dunyo kerak bo‘ladi. Haromdan qutilib molni halollash yo‘li bormi degan savol paydo bo‘ladi. Butun dunyo ulamolar ittifoqining katta ulamolaridan, ahli sunna val jamoaning barcha ulamolari tan olgan, xususan ustozimiz ham e’tirof qilgan olim Muhammad Hasan Dadu hafizahulloh bu haqida fatvo chiqarganlar va boshqa ulamolar ham buni manuniyat bilan qabul qilishgan. Fatvoda: “Bunday inson haromdan, hatto shubhali bo‘lgan mol mulkini hammasini qiymatini chiqaradi va ikki adolatli insonni olib kelib, “Mening haromdan bo‘lgan mollarim qiymati shuncha, sizlar kambag‘al miskinlar tarafidan vakil bo‘lib qabul qilinglar” deydi. Ikki inson vakil o‘laroq qabul qilishadi. Shu bilan mol egasi butun harom molidan qutilgan bo‘ladi va ikki inson vakilligida ulardan ish yuritishiga kerak bo‘lganchasini qarzga oladi va yillar davomida qarzini uzib boradi. Ma’lum bir muddat o‘tgach qarzni halol yo‘l bilan to‘lab qutiladi va ishlab topgani o‘zi uchun halol bo‘ladi” deyilgan. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom