Ro‘zador odam kasallik sabab ro‘zasini ochsa

Assalomu alaykum! Men ro‘za boshlangandan beri tutib kelyapman alhamdulillah ammo oxirgi 2kun ichida hamma joyim qaqshab og‘rib 38-39 temperatura qilib xolsizlanib qolganim sabab doktorga borudim qon siydik va spermadan analiz olishimiz kk dedi. Axir men ro‘zaman desam xam boshqa iloji yo‘q dedi. Shunga xammasidan analiz topshirishga majbur bo‘ldim spermani qolda chiqardim, siydik yolida shamollash bor deb licheniya yozberdi. Endi shularni olishim kerak, savolim meni ro‘zam kafforot bo‘ladimi yo nechi kun tutmasam qazosini tutamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Faqat qazosini tutasiz. Kafforot vojib emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 138 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar