Duo qabul bo‘ladigan vaqt

Assalomu alaykum! 1) Abuu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli! Qaysi duo eshitiladiganroq?» deyildi. «Kechaning oxiridagisi va farz namozlardan keyingisi», dedilar». Termiziy rivoyat qilgan. Agar xadisdan kelib chiqadigan bo‘lsak. Farz nomozlarining so‘ngida ya’ni salom Dan oldin qilinadigan duolar eshitiladiganroq ekan. Lekin bizda ko‘pincha , nomozning so‘ngida faqat "Rabbana atina...." Duosi o‘qilib, salom berilgandan so‘ng yana dunyoviy gaplar bilan duolar ham qilinadi. Buning sababi mening bilishimcha bizning mazxabimizda farz nomozlarining ichida dunyoviy gaplar bilan duolar qilib bo‘lmaydi. Savolim shundayki shu to‘g‘rimi va xadisga qaraladigan bo‘lsa farz nomozdan keyin salom berib bo‘lib ham duolarimiz eshitiladiganroq bo‘lishidan umid qilsak bo‘ladimi? 2) Xadisda farz nomozlaridan keyin deyilgan. Biz farz nomozlari vaqti sunnatlarni ham o‘qimiz. Masalan shom nomozi birinchi farz keyin sunnat o‘qiladi, shunda biz sunnatni o‘qib bo‘lgach keyin o‘tirib Duo qilamiz. Shunda ham qilgan duoimiz farz nomozdan keyin qilingan duolarga o‘tadimi? Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Banda Robbisiga eng yaqin bo‘ladigan payt u sajdada turganidadir. Bas, duoni ko‘paytiringlar. Bas, sizga ijobat bo‘lishi haqdir», dedilar». Muslim va Abu Dovud rivoyat qilishgan. 3) Bu xadisga qaralganda sajda vaqtidagi duo ijobati xaq ekan. Sizlar tomoningizdan berilgan javoblardan o‘qigan edimki, farz nomozlarida sajda vaqtida dunyoviy gaplar bilan duolar qilinmaydi deb. Lekin nafl nomozlarida masalan taxajjud nomozlarida sajda vaqtida dunyoviy gaplar bilan duo qilsa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Hadisdan salom berilgandan keyin qilinadigan duolar nazarda tutilgan. 2). Kishi nafl namozini o‘qib faqat Allohdan so‘raladigan narsalarni sajdada so‘rashi mumkin. 3). Sajdada qalbdan o‘tkazib so‘rash joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 196 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar