Bir nikoh haqida

Assalomu alaykum! Bir odam xotiniga achchiq ustida sanga javob degan, lekin 3 taloqni niyat qilmagan. Shundan so‘ng nikoh o‘rtalarida o‘qilgan. Nikoh o‘qigan kishi ayoldan rizolik so‘ragan, ayol rozilik bergan, erdan esa rozilik so‘rash esidan chiqqanda keyin esiga tushib yana guvohlar guvohligida erdan rozilik so‘ragan. Er ham roziligini izhor etgan. Shu o‘qilgan nikoh sahih bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kuyov roziman degan so‘zni kelinning huzurida, bitta majlisda aytgan bo‘lsa nikoh bog‘lanadi. Agar kelin eshitmagan bo‘lsa yoki boshqa majlisda aytilgan bo‘lsa nikohi bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:30 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar