Jelatin qobiqlik dori
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, jelatin qobiqlik dorining aynan jelatinining miqdorida cho‘chqa suyagi aralashganini o‘qidim. Men ustidagi qobig‘ini tashlab ichidagi suyuq dorisini iste’mol qilayotganimda, menda shubha uyg‘ondi? U jelatin qobiq doriga o‘zidan nimadur ajratishi mumkinmi? Shunday dorini iste’mol qilish joizmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yopishqoq dori bo‘lsa unga o‘tmaydi. Quruq kukun bo‘lsa unga ham, qobig‘ini tashlab yuborib iste’mol qilavering. Uni iloji yo‘q bo‘lsa kasallik darajangizga qaraysiz. Agar harom bilan bo‘lsada davolanish kerak darajasiga etgan bo‘lsangiz uzrli hisoblanadi. Bu xuddi saxar kasallari insulin olgani kabi bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:31 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom