Ikki elkadagi farishtalar
Assalomu alaykum! Ikki elkada farishtalar nomai amolimizni yozib turishadi deb ko‘p aytiladi. Lekin bu haqida din ulamolari va boshqa chop etilayotgan diniy kitoblardan buni tasdiqlaydigan hadis yoki oyatlarga duch kelmadim. Aytingchi buni tasdiqlovchi oyat va hadislar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Infitor” surasida marhamat qiladi :وَإِنَّ عَلَيْكُمْ لَحَافِظِينَ10. Holbuki, ustingizdan kuzatib turuvchilar bordir.
Sizning har biringizga biriktirilgan farishtalar bor. Ular sizni doimo muhofaza qilib turadilar. Ular sizning har bir harakat va sakanotingizni sinchkovlik bilan kuzatib, muroqaba qilib turadilar. Shu bilan birga,كِرَامًا كَاتِبِينَ11. Hurmatli yozib turuvchilardir.
Ya’ni mazkur biriktirilgan, muhofaza qiluvchi farishtalar Alloh taoloning huzurida mukarram sanaladilar va bandalarning barcha amallarini yozib turuvchilik sifatiga ham egadirlar. Har bir bandaning o‘ng tomonidagi farishta yaxshiliklarini, chap tomonidagi farishta esa yomonliklarini yozib boradi. Ha, zinhor g‘aflatda bo‘lmanglar...يَعْلَمُونَ مَا تَفْعَلُونَ12. Nima qilayotganingizni biladiganlardir.
Har bir insonga biriktirilgan farishtalar borligi, ular Alloh taoloning huzurida hurmatga ega ekanliklari, bu farishtalar bizning barcha ishlarimizni bilib, yozib borishlariga iymon keltirishimiz daokor va iymonimiz bizni faqat yaxshiliklarga chorlashi, yomonliklardan qaytarishi lozim. Chunki...
Qiyomat kuni o‘sha farishtalar zarracha narsani ham tark qilmay, yozib borgan nomai a’molga qarab hukm chiqariladi. Ana o‘sha nomai a’mol natijasiga qarab,إِنَّ الْأَبْرَارَ لَفِي نَعِيمٍ13. Albatta, abrorlar ne’matlanishdadirlar.
Chunki ularning nomai a’mollaridan bu dunyoda qilgan yaxshiliklari: iymon-e’tiqodlari, ibodatlari, solih amallari, chiroyli, go‘zal xulqlari, qilgan xayr-ehsonlari va boshqa savob ishlari haqida mufassal ma’lumotlar chiqadi. Ana o‘sha yaxshiliklari uchun Robblari – Qiyomat kunining egasi – Alloh taolo ularni jannatga kiritish ila mukofotlaydi.وَإِنَّ الْفُجَّارَ لَفِي جَحِيمٍ يَصْلَوْنَهَا يَوْمَ الدِّينِ وَمَا هُمْ عَنْهَا بِغَائِبِينَ14. Va albatta, fojirlar do‘zaxdadirlar.
15. Unga jazo mukofot kuni kirib, kuyadirlar.
16. Va ular undan g‘oyib bo‘luvchi emasdirlar.
Chunki o‘sha fojirlarning nomai a’mollaridan bu dunyoda qilgan yomonliklari – kofirlik va mushrikliklari, osiyliklari, fosiqliklari, zulmlari va boshqa yomon ishlari haqida batafsil ma’lumotlar chiqadi.
Ana shuning uchun ular qiyomat kuni qattiq qizib turgan jahannamga kiradilar. Ular jahannamdan g‘oyib bo‘la olmaydilar: qochib qutula olmaydilar, tushganlaridan keyin qaytib chiqa olmaydilar.
Ey Robbi haqida g‘ururga ketgan nobakor inson! Qiyomat ana shunday kun! Qiyomat kuni sen va senga o‘xshaganlar boshiga mazkur musibatlar albatta tushajak.
Sen, ey g‘ofil banda, qiyomat kunining mohiyatini anglab etasanmi, o‘zi?!“Isro” surasida ham :وَكُلَّ إِنسَانٍ أَلْزَمْنَاهُ طَآئِرَهُ فِي عُنُقِهِ وَنُخْرِجُ لَهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ كِتَابًا يَلْقَاهُ مَنشُورًا13. Har bir insonning amalini bo‘yniga bog‘lab qo‘yganmiz va qiyomat kuni unga bir kitob chiqaramizki, u unga ochilgan holda ro‘baro‘ bo‘lur.Har bir inson yaxshimi, yomonmi, amal qilsa, uning amali o‘zi bilan bo‘ladi, undan ajramaydi. Qur’oni Karim insonga shu ma’noni mujassam holda his ettirish uchun amalini xuddi bo‘yinga osib qo‘yiladigan narsa qilib ko‘rsatmoqda. Inson yaxshi bilishi lozimki, uning har bir qilgan ishi bo‘yniga osilib boradi. Undan tonib, men qilganim yo‘q, deb qutulishning imkoni yo‘q. Buning ustiga, qiyomat kuni unga ochiq bir kitob chiqarib ko‘rsatiladi. O‘sha ochiq kitobda uning hamma amallari aniq shaklda bitilgan bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda hisob-kitob bo‘ladi. Demak, inson faqat yaxshi amal etishi, yomon amaldan hazar qilishi lozim. Chunki o‘sha qiyomat kuni har bir insonga:اقْرَأْ كَتَابَكَ كَفَى بِنَفْسِكَ الْيَوْمَ عَلَيْكَ حَسِيبًا14. Kitobingni o‘qi, bugungi kunda o‘zingga o‘zing hisobchilikka kifoya qilursan (deyilur).
Boshqa hisobchining keragi yo‘q. Hamma ishlaring shu kitobda yozilgan, o‘qib olsang, bo‘ldi. O‘zing o‘zingga hisobchisan, guvohsan. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda