Mast odamning talog‘i

Assalomu alaykum! Ustozlar, men sizlarni hurmat qilaman. Men bir inson bilan tortishib qoldik, ya’ni Quroni Karimda Alloh taolo mast kishi deb ayoli va onasini taniy olmaydigan insonga aytiladi deb marhamat qilgan, shuning uchun mast kishini talog‘i o‘tmaydi dedi. Chunki u ayolini taniy olmaydi dedi. Sizlarning javoblaringizda mast kishini talog‘i o‘tadi deyilgan. Men ushbu dalilni ko‘rsatsam “unday odam mast deyilmaydi va talog‘i o‘tadi deyapti. Mening ilmim yo‘q shuning uchun u oyatni men bilmayman. Ushbu bor yo‘qligini bilmayman, tushuntirib bersangizlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Unday oyat yo‘q, mast deb o‘sha er bilan osmonni ajrata olmaydigan darajadagisi aytiladi. Fuqaholar shunday odamni talog‘i tushadi deganlar. Tushmaydi degan odam noto‘g‘ri aytibdi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:32 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar