Dunyoga qarash
Assalomu alaykum! Yoshim 20da. Men hozir tibbiyot talabasiman va Inshaa Alloh mening keyingi rejalarim AQSh davlatida o‘qishni davom ettirish va haqiqiy etuk ummatga foydasi tegadigan shifokor bo‘lish. Men dunyoqarashimni o‘zgartirmoqchiman odamlar qimmat mashinalarga shoxona uylarga qaraganda ularga havas qilib menda ham bo‘lsa edi deb hohlashadi va yaxshi ko‘rishadi men shunday qimmat mashina uy-joy mansablarga qaraganimda oddiy bu dunyoning vaqtinchalik buyumi oddiy miniladigan ulov, vaqtinchalik yashaladigan uy deb qaramoqchiman va bu dunyoning baland mansablariga shoxona buyumlaru, uylar, joylar, miniladigan ulovlariga, pullarga va barcha bu dunyoga tegishli bo‘lgan narsalarga ko‘ngil qo‘ymoqchi emasman, bularni qolgan odamlarga o‘xshab sevib, yaxshi ko‘rib, hohlab orzu qilib yurmoqchi emasman. Hozir ham keyin ham. Mening niyat orzu va hohishlarim havaslarim yaxshi ko‘rishlarim oxiratga tegishli bo‘lgan ishlarga, savobli amallarga, butunlay oxirat dunyosiga bo‘lishini hohlayapman. Men shunday bo‘lishim uchun nimalar qilishim kerak? Shunday bo‘lishni juda hohlardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu bilganlaringizga amal qilishingiz qolgan xolos. Nafsingizni o‘zingizga dushman biling. Vallohu a’lam!
24 Noyabr 2023, 14:21 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu bilganlaringizga amal qilishingiz qolgan xolos. Nafsingizni o‘zingizga dushman biling. Vallohu a’lam!
24 Noyabr 2023, 14:21 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar