Nikohda valiy masalasi

Assalomu alaykum! Men Shayx Xazratlarini Baxtiyor oila kitoblarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan "kimki valiyni iznisiz yoki valiysiz nikoxlansa u nikox botildir" degan xadis o‘qiganman. Ayol kishi valiyi bor bo‘lib uni iznisiz va ishtirokisiz 2 guvoh ishtirokida nikox o‘qitgan bo‘lsa u nikox botil bo‘lsa, valiysini ishtirokida va valiysini izni bilan boshqatdan nikoh o‘qitish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabida nikoh uchun valiy shart emas. U hadisni maslahat sifatida aytilingan deyilgan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 189 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar