Moliyaviy

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir inson kreditga uy olgan, 32mln so‘mga. Hozir 30 mln to‘lashi kerak. Alloh hidoyat qilgandan so‘ng bu ishi xatoligini anglab etdi va tavba qildi. Endi esa qolgan 30 mln so‘m ya’ni kreditni to‘lasinmi? 2) Boyagi inson bankka foizga 40 mln so‘m pul qo‘ygan. Ya’ni bir yilda qanchadir pul qo‘shiladi. Hozir shu puli 50 mln bo‘lib qolgan. Bu narsani ham gunoh ekanligini bildi, tavba qildi. Pulini nima qilsin? Boshida qo‘ygan pulini ya’ni 40 mln olib 10 mln so‘mni ehson qilsinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Cho‘zmasdan tezroq to‘lab tugatsin.
2). 40mln ni olib qo‘shilgan 10mln ni savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilsin.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:36 | Savol-javoblar | 133 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar