Namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Namoz o‘qimoqchiman, lekin duolarni noto‘g‘ri talaffuz qilishdan qo‘rqaman. Duolarni o‘qib eshitib ko‘rdim, tilim kelishmayapti. Ko‘p o‘qurgandan keyin til kelishib ketadimi? Keyin peshin va asr namozlarini ishda bo‘lganligim sababli o‘qiy olmayman. Nima qilsam bo‘ladi? Namoz haqida hamma malumotni bilmoqchiman. Qaysi kitobni o‘qisam bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizning xayolingizga kelgan narsa shaytonning vasvasasidan boshqa narsa emas. Boshqa ishlarda unday qilmaysizku. Masalan mashina xaydashni yaxshi bilmayman deb mashina xaydashni tark qilmaysizku. Tezda boshlang. Tilingiz moslashib ketadi. Ustozimiz rohimahullohning “Mo‘minning me’roji”, “Kifoya” nomli kitoblarini o‘qing. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 14:01 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar