Fatvo berish haqida

Assalomu alaykum! 1. Men Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining Ruhiy tarbiya kitobida Fatvo berish shartlari haqida o‘qib qoldim. Ustozlar mendan ba’zi odamlar uni qilsa nima bo‘ladi, buni qilsa nima bo‘ladi deb so‘rashadi. Masalan, sizlarning Telegram kanalingizni doimiy kuzatib boraman undagi javoblarni o‘zimga fatvo qilganman. Men ham ularga sizlarni javoblaringizni aytsam bo‘ladimi? Ya’ni biror ustozdan ilm ijoza olmay turib fatvo berib gunoxkor bo‘lmaymanmi? 2. Ba’zi telegram kanal amdinlari Alloh roziligi uchun kanalimni reklama qilib bering deydi. Shunda bir hadis borligini eshitdim ya’ni O‘rinli va o‘rinsiz holatlarda Allohni guvohlikka chaqirmang degan. Shunga batafsil javob bersangiz. Izlash xizmatidan topa olmadim. Alloh sizlarni ilmingizni ziyod qilsin. Bizlarga insof bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). “Shular shunday deyishgan” deb naql qilsangiz bo‘ladi. Albatta to‘g‘ri naql qilolsangiz. 2). Noshar’iy holatga ham Allohni oraga tiqib qo‘ymang degani. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar