Namozda vasvasa
Assalomu alaykum! Men ko‘pdan buyon tahoratda va namozda vasvasada edim bu narsa istamasamda ko‘plab namozlarni qazo qilishimga sabab bo‘ldi va katta stresslarga ham uchradim bu bilan namozni to‘xtatib qo‘yganim yo‘q, shukrlar bo‘lsinki tahoratdagi vasvasadan anchagina qutuldim , ammo namozda juda qiynalayapman jamoatda bolgan paytlarda vasvasani taʼsiri kamroq bo‘ladi, ammo uyda o‘qismam juda yomon bo‘ladi yaʼni namozda qaysi rakatda turganimni nechchi marta sajda qilganimni bilmayman v bu xolatdan xayronman o‘qishlarimning ham mazasi yo‘q hech narsani o‘z vaqtida qilolmayman zexnim ham tengqurlarimnikiday yaxshi emas (buni noshukurlik deb o‘ylamang sizga xolatimni tushuntirish uchun aytyapman) din menga juda qiyin tuyulyapti savollarim esa juda ko‘p bular stresslarga sabab bo‘lmoqda. Alloh meni ko‘rib turganini bilaman, qabr azobi juda yomonligini bilaman Allohdan qo‘rqish va egʼlab duolar qilish kerakligini bilaman ammo o‘zimda bu tuyg‘ularni his qilmayman xohlasamda. Bir Juma kuni Allohni zikrlar qildim va Baqara surasini to‘liq eshitdim ammo shunda ham unday o‘zgarishni sezmadim. Menga yordam bering iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz kabi qalbida Allohga bo‘lgan kuchli intilish bor bo‘lsada amalda nafsining hiylalari tufayli natijaga erisha olmayotgan dindoshlarimizga va bizning o‘zimizga ham tavsiyamiz shuki, Allohga qurbat hosil qilgan, taqvoda istiqomatga erishgan, ibodatda pahlavon, himmati baland, shijoatli va g‘ayratli, taqvoli mo‘minlarga yaqin yuraylik. Solihlar safiga qo‘shilaylik. Alloh taolo bu ish muhim ekanligi uchun oyati bilan buyurgan. Ko‘proq ro‘za ham tuting, zikr va istig‘forlarda bardavom bo‘ling. Alloh taolo “Tavba” surasida:يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَكُونُواْ مَعَ الصَّادِقِينَ119. Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo‘linglar! deb marhamat qiladi.
Ashraf Ali Tahonaviyning oxirgi o‘rinbosarlari Abrorulhaq rohmatullohi alayhining muridi hikoya qiladi : «Men, bir birodarimiz va ustozimiz Abrorulhaq rohmatullohi alayh bilan bir ustozning ziyoratiga bormoqchi bo‘lib, uydan chiqdik. Boradigan joyimiz unchalik uzoq emasdi, lekin Abrorulhaq rohmatullohi alayh keksayib qolganlari uchun taksiga chiqsakmikin deb, uy oldida bir oz to‘xtab qoldik. O‘n-o‘n besh qadam narida bir taksi turar, haydovchisi esa bizni kuzatib turardi. Maslahatlashib, taksida boradigan bo‘ldik. Haydovchi u tomon yurganimizni ko‘rib, mashinasining eshiklarini ochib, bizni kutib oldi. Mashinaga o‘tirgach, Abrorulhaq rohmatullohi alayh «Alloh taolo O‘zi hoxlagan kishisini (payg‘ambarlikka) tanlab olur va Unga iltijo qiluvchi kishini hidoyat qilur» degan oyatni o‘qib, shunday dedilar: «Alloh taolo payg‘ambar, rasul va ba’zi valiy bandalarini ulardan biror harakat bo‘lmay turib ham O‘ziga do‘st qilib oladi. Shu tariqa ular Alloh taoloning muqarab bandalariga aylanadilar. Biroq, yana ba’zi bandalarni Alloh taolo mana shu haydovchi kabi kuzatib turadi. Agar ular Alloh taolo tomon yursalar, haydovchi bizga mashinasining eshiklarini ochgani kabi, O‘zining rahmat eshigini ochadi, O‘zi tomon intilgan bandalarni maqsadlariga erishtiradi. Agar boshqa yo‘lni ixtiyor qilishsalar, ularni o‘z holiga tashlab qo‘yadi», dedilar. Kun issiq edi. Haydovchi mashinaning konditsionerini yoqib qo‘ydi, lekin mashinaning saloni hadeganda soviyvermadi. Haydovchi yo‘ldan ko‘zini uzmay: «Birortangiz tomondagi oyna ochiq shekilli, iltimos, berkitib qo‘yinglar», dedi. Rostdan ham, sherigimiz tomondagi oyna ochiq ekan, uni berkitib qo‘ydik. Oynalar yopilgach, mashinaning ichi yana ham isib ketgandek bo‘lib, biroz behalovat bo‘ldik. Biroq, sal o‘tmay mashinaning ichi salqin bo‘lib qoldi, jonimiz kirib, badanimiz rohatlandi. Shunda Abrorulhaq rohmatullohi alayh “Ra’d” surasidagi «Iymon keltirgan va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?» oyatini o‘qidilar, so‘ng «Issiq kunda hamma so‘lim-salqin joyga qochadi. Biroq, Allohning zikri qalb uchun salqin joydan-da rohatliroqdir. Zikr – go‘yo issiqdan behalovat bo‘lgan qalbning konditsioneridir. Lekinالعينان نافذتا القلب «Ko‘zlar qalbning derazalaridir» deyilgan. Agar insonning ko‘z degan oynasi haromdan, quloq degan oynasi behuda gap-so‘zu shaytonning nag‘malaridan, og‘iz degan oynasi g‘iybatu befoyda safsatalardan yopilmas ekan, zikr qalbga orom bag‘ishlay olmaydi», dedilar».
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qaysi bir musulmonning nazari biror ayol kishining chiroyiga tushib, undan ko‘zini yumsa, Alloh u uchun halovatini topadigan ibodatni beradi” dedilar». Hadisi qudsiyda:“Nomahramlarga qarash Iblisning zaharlangan o‘qlaridan bir o‘qdir. Kim mendan qo‘rqqanligidan o‘sha qarashni tark qilsa, evaziga qalbida halovatini topadigan iymonni ato qilaman” deyilgan.
Tabaroniy va imom Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!
18 Avgust 2023, 06:56 | Savol-javoblar | 0 | Ruhiy tarbiya