Uvol bo‘lmasligi uchun

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men g‘ayridinlar bilan birga ishlayman. Kechki ovqatni birga eymiz (har kim o‘zi uyidan olib kelganini) va men kechqurun ishxonada qolaman. Ular shu kechki ovqatda qoldirgan nonini ertalab kelib tashlab yuboradi. Savol: men shu vaziyatda tashlab yuborishiga qarab turishim kerakmi yoki shuni men o‘zim eyishim kerakmi? Buni uvol bo‘lmasligi uchun aytyapman. O‘zimni moddiy sharoitim yaxshi.
Nafl ro‘zani niyat qilib ro‘za tutdim keyin qasddan ochdim. Qazo tutamanmi yoki kafforat? Alloh sizga va bizga ofiyat ato etsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Non ularning mulki hisoblanib, roziligini olishingiz kerak. Nafl ro‘zani tutib, qasddan ochganga kafforat vojib bo‘lmay, qazosi vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar