Otamning ikkinchi ayoli

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolim shundan iboratki onam va otam turmush qurushganiga 27 yil bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida onam qo‘lidan kelganicha oila xizmatida, itoatkor bo‘ldi va xech qanday jiddiy xatolar qilganini bilmaymiz. Yaqinda, otamni 2-xotini, 2ta farzandi borligini va bunga 19 yil bo‘lganini endi bildik. Bu nikoh deyarli barchadan yashirib kelingan. Onam buni bilgach juda qattiq xafa bo‘ldi, biz qatori. Shunda onam va biz e’tiroz bildirganimizda, men yo‘qligimda otam uyga kelib onam va ukamni do‘pposlab urishgacha boribdi, nimaga zor bo‘lding deb aytibdi. Oldin xam otam va uning qarindoshlari tomonidan onamga juda ko‘p noxaqliklar va tazyiqlar o‘tkazilgan. Onam miyadan operattsiyani xam boshdan o‘tkazib 2-gurux nogironi bo‘lib qolgan. Shunday xolatda onam endi u bilan mutlaqo yashamayman deyapti, biz xam shu fikrdamiz. Aytingchi onam shu xolatda javobini berilishini so‘rashi joizmi? Ikkinchi xotini tinch va totuv yashasaku, bizni oilada bunday notinchliklar bulishi bizga juda og‘irlik tuyulmoqda(dilimiz juda kattik og‘ridi). Naxotki muqaddas oila pul bilan o‘lchansa? Bizni onam bilan otamdan aloxida bo‘lib yashashimiz o‘rinlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz otangizga qarshi chiqmang, onangizga ham qayroq bo‘lmang. Otangizni muhokama qilishga sizni haqqingiz yo‘q. Otangiz gunoh ish qilsa Alloh taoloning oldida o‘zi javob beradi. Siz otangiz norozi bo‘lsa jannatni hidini ham hidlay olmaysiz. Bo‘lib o‘tgan qolaversa 19 yil bo‘lgan ishga aralashmang. O‘zgartiraman deb kuchanmang. Aksincha onangizni sabr qilishga chaqiring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:39 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar