Uzrli holda Qur’onni qo‘lqop bilan ushlash

Assalomu alaykum! 1. Men yaqinda Qur’oni Karimni o‘rganishni boshladim. Uzrli paytlarimda Qur’oni Karimni o‘qiy olmasdim. Menga : Sen o‘rganuvchisan, uzrli paytlaringda o‘qimay o‘tirsang tez esingdan chiqib qoladi. Shuning uchun bunday paytlaringda qo‘linga qalin qo‘lqop kiyib Qur’oni Karimni ushlab o‘qisang bo‘ladi dedi. Shu haqida ma’lumot bersangizlar. 2). Men o‘zim hali o‘rganuvchiman, dugonalarimga ham o‘zim o‘rganganlarimni ham o‘rgatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ushlash joiz emas. Qo‘lqop bilan ushlash ham makruh. Biror pokiza odam o‘qiyotgan joyini ochib bersa Qur’onga qo‘l tekazmasdan ovoz chiqarmasdan qarab o‘qish mumkin. “Ayol mo‘tabar zot” kitobini olib o‘qing. 2). Ustozingizdan so‘rang. Sizni qanchalik to‘g‘ri o‘qishingiz va o‘qtishingizni ustozingiz biladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 174 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar