Hajga otlangan kishining qalb holati

Assalomu alaykum! Ba’zilar haj va umraga qayta qayta borish baxtiga muyassar bo‘ladilar. Bu holatda qalbda Baytning azamati va ulug‘vorligi xuddi avvalgi martadagidek bo‘lishi uchun qanday muolajalar qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! HAJ  Islomning beshinchi rukni bo‘lmish haj ibodati ham nafsni poklashda va axloqni sayqallashda katta ta’siri bor omildir. Bu ma’noni Qur’oni Karimda haj haqida kelgan oyatlarning ba’zisiga nazar tashlash bilan fahmlab olsak bo‘ladi.
Alloh taolo Baqara surasida marhamat qiladi:  الْحَجُّ أَشْهُرٌ مَّعْلُومَاتٌ فَمَن فَرَضَ فِيهِنَّ الْحَجَّ فَلاَ رَفَثَ وَلاَ فُسُوقَ وَلاَ جِدَالَ فِي الْحَجِّ «Haj ma’lum oylardir. Kimki ularda o‘ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo‘qdir» (197-oyat).
«O‘ziga hajni farz qilish» hajni niyat qilib ehromga kirish deganidir. Demak, unday odamga shahvoniy ishlar, ya’ni jinsiy yaqinlik va uning haqidagi gap-so‘zlarni so‘zlash va shunga o‘xshash narsalar mumkin bo‘lmaydi. Yana hajda fisq – katta-kichik gunoh ishlarni qilish, odamlar bilan talashib-tortishish va so‘kishib, janjal chiqarish kabi ishlar ham mumkin emas.
 Haj qiluvchi inson ulug‘ maqomga erishgan bo‘ladi. U dunyoviy ishlarning barchasidan ajragan holda Alloh taologa yuzlanadi, Robbul olamiyning uyini ziyorat qilgani chiqqan bo‘ladi. Shu bois, u oliy darajadagi odob bilan odoblanishi zarur. Hamma yomon narsalarni tark etib, yaxshi ishlarni ko‘proq qilishi lozim.
Alloh taolo Haj surasida marhamat qiladi: ذَلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى الْقُلُوبِ۝ «Kim Allohning nishonalarini ulug‘lasa, bas, albatta, bu qalblarning taqvosidandir» (32-oyat).
Ushbu oyati karimadagi «nishonlar»dan maqsad hajda qurbonlikka so‘yiladigan katta hayvonlardir. Demak, hajda so‘yishga atalgan hayvonlarni ulug‘lash, avaylash, e’zozlash qalb taqvosidan ekan. Zero, haj ibodatidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham taqvodir.
Hajdan ko‘zlangan maqsad mukammal ravishda ro‘yobga chiqishi uchun bir qancha qalb amallari va odoblarni bajo keltirish lozim bo‘ladi. HAJNING ODOBLARI 1. Haj qilmoqchi bo‘lgan odam avvalo Alloh taologa actoydil tavba qilsin. Gynohlapini tapk eta turib, avval codip bo‘lganlapiga nadomat qilib, byndan co‘ng takpoplamaclikka azmy qapop etcin.
2. Kimga zylm etkazgan, kimni xafa qilgan yoki kimning ko‘nglini qoldipgan bo‘lca, ylapdan yzp co‘pacin.
3. Eng myhim jihatlapdan bipi – qilayotgan haj ibodatidan Alloh taoloning poziligini va oxipatining obodligini ko‘zlacin. Dynyo va yning ziynatlapini, piyokoplik, nom chiqapish, faxplanish kabi napcalapni zinhop va zinhop xayoliga keltipmacin. Aks holda bapcha qilgan ca’y-hapakatlapi behyda ketadi.
4. Ota-onalapi tipik bo‘lcalap, ylapning poziliklapini olcin, dyolapini so‘rasin.
5. Haj cafapi bilan ovopa bo‘lib, boshqa ibodatlapga e’tibopcizlik qilmacin. Ayniqca, namozga ehtiyot bo‘lcin, chynki namozning zapypligi hajdan ham e’tibopli.
6. Cafap chog‘ida doimo Alloh taoloni zikp etcin, dyo qilcin, ictig‘fop aytcin. Qyp’oni Kapimni tilovat qilcin. Tilini bo‘lmag‘yp gaplapdan, behyda co‘zlapdan, yolg‘on, g‘iybat, chaqimchilik, co‘kish kabi byzyqliklapdan tiysin. Qo‘lidan kelgancha odamlapga yaxshilik qilish payidan bo‘lcin.
7. O‘tgan ylamolapimizning eng myhim nacihatlapidan bipi shyki, hojilap haj davomida qalbni mashg‘yl qilib, xayolni olib qochyvchi tijopatdan xoli bo‘lishlapi kepak. O‘zlapini xop tytcinlap, zeby ziynatga e’tibop bepmacinlap. Payg‘ambapimiz alayhiccalom shynday qilganlap. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِذَا كَانَ يَوْمُ عَرَفَةَ إِنَّ اللهَ يَنْزِلُ إِلَى السَّمَاءِ فَيُبَاهِي بِهِمُ الْمَلَائِكَةَ فَيَقُولُ: انْظُرُوا إِلَى عِبَادِي، أَتَوْنِي شُعْثًا غُبْرًا ضَاحِينَ مِنْ كُلِّ فَجٍّ عَمِيقٍ، أُشْهِدُكُمْ أَنِّي قَدْ غَفَرْتُ لَهُمْ... Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilap:
«Arafa kuni Alloh osmonga tushadi va ular ila fapishtalapga maqtanib: «Bandalapimga qapanglap! Typli joylapdan sochlari to‘zigan, g‘uborga belangan, oftobda qolgan holda hyzypimga keldilap. Sizlarni guvoh qilamanki, albatta, Men ylapning gynohlapini kechdim», deydi».
8. Hajga qilinadigan sarf-xarajat haloldan bo‘lishi shart.
9. Isrof va ziqnalikdan chetlangan holda o‘rtacha yo‘l tutib, chin ko‘ngildan zodi va taomini bemalol qilish. Haj yo‘lida emoq-ichmoq uchun sarflangan har bir so‘mga etti yuz barobar savob beriladi.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu: «Safarda oziq-ovqatning yaxshi bo‘lishi kishining karamidandir. Hojilarning afzali niyati xolisroq, nafaqasi pokroq va ishonchi komilroq bo‘lganidir»
, der edilar. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْحَجُّ الْمَبْرُورُ لَيْسَ لَهُ جَزاءٌ إِلَّا الْجَنَّةَ. قَالُوا: يَا نَبِيَّ اللهِ، مَا الْحَجُّ الْمَبْرُورُ؟ قَالَ: إِطْعَامُ الطَّعَامِ، وَإفْشَاءُ السَّلَامِ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Hajji mabrurning jannatdan boshqa mukofoti yo‘q», dedilar».
«Ey Allohning Rasuli! Hajji mabrur nima?» deyishdi.
«Taom berish va salom yoyish», dedilar».
Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan.
10. Shahvoniy narsalar, fisq va janjalga yo‘l qo‘ymaslik. Alloh taolo bu ma’noni Qur’oni Karimda ta’kidlagan.
Bu boradagi shahvoniy narsalar arabchada «rafas» deyiladi va barcha sharmsiz gap-so‘z hamda xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Ayollarga xushomad gaplarni aytish, shahvoniy gap, ishora va harakatlar qilish kabi narsalar rafasga kiradi.
Fisq esa Allohning har bir toatidan chiqishdir.
Janjal ma’lum va mashhur narsa.
Haj qiluvchi kishi mazkur narsalardan alohida ehtiyot bo‘lishi lozim.
11. Baquvvat, yursa qiynalmaydigan kishilar piyoda haj qilishlari afzal. Shuningdek, bemor, qari va uzrli kishilar ibodatlariga nuqson etmasligi uchun ulov minib haj qilganlari afzal.
12. O‘ziga vojib bo‘lmasa ham jonliq so‘yib, qurbat hosil qilishga harakat qilsin. Qiladigan qurbonligi semiz va chiroyli bo‘lishiga e’tibor bersin. Qurbonlik vojib bo‘lsa, o‘zi emasin. Agar qurbonlik ixtiyoriy bo‘lsa, o‘zi ham esin. عَنْ أَبِي بَكْرٍ الصِّدِّيقِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سُئِلَ: أَيُّ الْحَجِّ أَفْضَلُ؟ قَالَ: الْعَجُّ وَالثَّجُّ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ  Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan:
«Hajning nimasi afzal?» deb so‘raldi.
«Baland ovozi va qon oqizgani», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Qilgan sarf-xarajatini, so‘ygan qurbonligini, o‘ziga etgan mashaqqat va qiyinchiliklarni bag‘rikenglik ila qabul qilsin. Ularga chin qalbdan xursand bo‘lsin. Mana shu holat yuzaga chiqsa, bu hajining qabul bo‘lgani alomatidir. Haj yo‘lida etgan har bir mashaqqat Alloh taoloning yo‘lida nafaqa qilganning o‘rniga o‘tadi.
Hajning qabul bo‘lgani alomatlaridan yana biri, avvalgi ma’siyatlarni tark qilib, yomon do‘stlar o‘rniga yaxshi do‘stlar orttirish, g‘aflat va behuda majlislar o‘rniga zikr va ilm majlislarida ishtirok etadigan bo‘lishdir. HAJNING NOZIK SIRLARI Alloh taologa etishish uchun butunlay Uning O‘zini ko‘zlagan holda ajrab chiqmoq kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham qadimgi rohiblar Alloh taologa etishish maqsadida hamma narsadan ajrab, tog‘larga chiqib ketar edilar.
Islomda rohiblik yo‘q. Ammo taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, Islom ummatining rohibligi hajdir. Haj ibodatini ado etmoqchi bo‘lgan banda barcha shahvatlar, lazzatlardan, aloqa va mashg‘ulotlardan, hatto odatdagi kiyimlaridan ham ajraydi.
Haj ibodatini ado etmoqchi bo‘lgan har bir kishi iloji boricha quyidagi nozik sirlardan xabardor bo‘lgani maqsadga muvofiq. Avvalo, hajning mohiyatini fahmlab etmog‘i lozim. Ya’ni hajning dindagi o‘rnini fahmlagan odamning unga shavqi ortadi va haj qilishga azmu qaror qiladi.
Hajning har bir amalida eslatma va ibrat bor:
1. Hajga kerak bo‘ladigan narsalarni jamlaganda oxiratga kerak bo‘ladigan narsalarni esiga olsin.
2. Oddiy kiyimlarini echib, ehromga kirayotganida kafanni va Robbiga bu dunyo kiyimlaridan boshqacha kiyim ila ro‘baro‘ bo‘lishini esga olsin.
3. «Labbayka»ni aytishni boshlaganida Alloh taoloning chaqirig‘iga javob berayotganini esga olsin va qabulni orzu qilib, qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqsin.
4. Haramga etganda uqubatdan omon qolishni orzu qilsin va yaqinlardan bo‘lmay qolishdan qo‘rqsin. Ammo umidvorlik g‘olib bo‘lsin.
5. Baytullohni ko‘rganida qalbida uning ulug‘vorligini hozir qilsin va Alloh taologa o‘zini mehmonlari martabasiga erishtirgani uchun shukr qilsin hamda Baytullohni tavof qilish naqadar ulug‘vorligini his etsin.
6. Hajarul asvadni istilom qilgan (uni qo‘li bilan ushlagan yoki ishora qilgan) paytida Alloh taologa itoat qilishga bay’at qilganiga e’tiqod qilsin va bu bay’atga vafo qilishga azmu qaror qilsin.
7. Ka’bai Muazzamaning pardasiga osilganida va Multazamda turganida gunohkor o‘z xojasining panohiga qochganini eslasin.
8. Safo va Marva orasida sa’yi qilayotgan paytida ularni «tarozining ikki pallasi» deb o‘ylasin. Ularning orasida borib-kelishini «qiyomatning arosati» deb o‘ylasin.
9. Arafotda turganida, odamlarning izdihomini ko‘rganida, ovozlarining ko‘tarilishini eshitganida, tillarining turli-tumanligini bilganida qiyomat mavqifini, unda xaloyiqning jamlanishini va shafoat so‘rashlarini esga olsin.
10. Tosh otish paytida qullikni namoyon qilishni va farmonga bo‘ysunib, uni so‘zsiz bajo etishni qasd qilsin.
11. Qurbonlik so‘yish paytida bu ishning Alloh taologa qurbat hosil qilishning eng muhim turlaridan biri ekanini, qurbonlikning har bir bo‘lagi evaziga qurbonlik qiluvchining bir bo‘lagi do‘zaxdan xalos bo‘lishini eslasin. ("Ruhiy tarbiya" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar